Jahon

Venesuelada mahbuslar isyon ko'tarib, qamoqxonani egallab olishdi

Mahbuslar qamoqxona direktorning ishdan bo'shatilishini talab qilmoqda.

Venesuelada mahbuslar isyon ko'tarib, qamoqxonani egallab olishdi

 

Venesuelaning Barinas shtatida joylashgan INJUBA qamoqxonasida mahbuslar ishtirokida ommaviy norozilik va tartibsizlik holati yuz berdi.

 

Nodavlat “Qamoqxonalarni monitoring qilish markazi” (Observatorio Venezolano de Prisiones) ma’lumotiga ko‘ra, voqea 24-may ertalab davlat madhiyasi yangraganidan so‘ng boshlangan. Qamoqxonadagi 1300 dan ortiq mahbus, jumladan ayollar ham ishtirok etgan holda ish tashlash e’lon qilgan.

 

Norozilik davomida ayrim mahbuslar qamoqxona binosi tomlariga chiqib, matras va boshqa buyumlarni yoqib yuborgan. Vaziyat keskinlashganidan so‘ng qamoqxona hududida o‘q ovozlari eshitilgani, shuningdek, ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llangani haqida xabarlar tarqalgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, mahbuslarning yaqinlari Milliy gvardiya bo‘linmalarining qamoqxonaga kirishini to‘sishga uringan, biroq bu urinishlar muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Tartibsizliklar vaqtida qamoqxona hududida portlashlar va o‘q otish holatlari kuzatilgani bildirilmoqda.

 

Shuningdek, 120 dan ortiq mahbus yakka tartibdagi kameralarda saqlangani, qamoqxona ma’muriyati tomonidan ham xavfsizlik choralar doirasida o‘q uzish holatlari qayd etilgan.

 

Tergov hibsxonasining qo‘shimcha binosida ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llanishi oqibatida yuzdan ortiq ayol mahbusning ahvoli yomonlashgani, ularga boshqa mahbuslar tomonidan yordam ko‘rsatilgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tartibsizliklarning asosiy sababi qamoqxona yangi rahbari tomonidan joriy etilgan keskin va qat’iy ichki tartib-qoidalarga nisbatan norozilik bo‘lgan.

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

Yoshi 15 dan kichik ekani aniqlangan foydalanuvchilarning akkauntlari yopiladi.

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Xavfsizlik sababli metro liniyalarining ikkitasida harakat vaqtincha to‘xtatilgan.

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

“Tashkent Content Market” 50 dan ortiq davlatdan 3 ming nafardan ziyod ishtirokchini jamlashi kutilmoqda.

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Qirg‘iziston poytaxtida vafot etgan turmush o‘rtog‘i yonidan qabriston uchun joyni oldindan band qilish mumkin.

Husiylar Ar-Riyod aeroportiga hujum qildi: uch kishi halok bo‘ldi

Husiylar Ar-Riyod aeroportiga hujum qildi: uch kishi halok bo‘ldi

Ar-Riyod esa javoban Yamandagi husiylar nishonlariga havo zarbalari berdi.

Fransiyadagi namoyishlar hukumatni harakatga keltirdi: maktablarga qo‘shimcha o‘qituvchilar yuboriladi

Fransiyadagi namoyishlar hukumatni harakatga keltirdi: maktablarga qo‘shimcha o‘qituvchilar yuboriladi

Fransiya ta’lim vaziri litseylarda ishda bo‘lmagan o‘qituvchilar o‘rnini bosish bo‘yicha «favqulodda reja»ni taqdim etdi.

“Yandeks”ga ikki marta dronlar hujumi uyushtirildi: ayrim xizmatlarda uzilishlar kuzatilmoqda

“Yandeks”ga ikki marta dronlar hujumi uyushtirildi: ayrim xizmatlarda uzilishlar kuzatilmoqda

Ryazan viloyatidagi va Kaluga shahridagi ma’lumotlar markazlari dronlar hujumiga uchradi.

Siyosiy raqiblarni qiynoqqa solish: Maduro va rafiqasiga yangi ayblovlar qo‘yildi

Siyosiy raqiblarni qiynoqqa solish: Maduro va rafiqasiga yangi ayblovlar qo‘yildi

Sud jarayoni 2027-yil 1-iyunga belgilangan.