O'zbekiston

O‘zbekistonda 1-iyundan ko‘mir narxini davlat tomonidan belgilash amaliyoti bekor qilinadi

“Ko‘mir ta’minot” MCHJ faoliyatini tugatish hamda hududlardagi 96 ta ko‘mir ombori va texnikalarni auksion savdolari orqali sotish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekistonda 1-iyundan ko‘mir narxini davlat tomonidan belgilash amaliyoti bekor qilinadi

Shavkat Mirziyoyev ko‘mir sanoatida bozor mexanizmlarini joriy etish, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va yangi investitsiya loyihalariga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

Taqdimotda qayd etilishicha, ko‘mir iqtisodiyot tarmoqlari, issiqlik elektr stansiyalari, ijtimoiy muassasalar hamda aholini energiya bilan ta’minlashda muhim manba hisoblanadi. Shu bois sohada mahsulot sifati, narxlar shaffofligi, raqobat muhiti va ekologik talablarni ta’minlash masalalari dolzarb ekani ta’kidlandi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, mustaqillikning dastlabki 25 yilida ko‘mir qazib chiqarish hajmi o‘rtacha 3,1 million tonnadan 4 million tonnagacha oshgan bo‘lsa, so‘nggi 9 yilda bu ko‘rsatkich 10 million tonnaga yetgan. Kelgusi kuz-qish mavsumida esa qazib chiqarish hajmini 11 million tonnaga yetkazish rejalashtirilmoqda.

 

Bugungi kunda ko‘mir qazib chiqaruvchi xususiy tadbirkorlar soni 18 taga yetgan. 2023–2025 yillarda ular tomonidan geologiya-qidiruv ishlari kengaytirilib, 2,4 million tonna ko‘mir qazib chiqarilgan hamda bu jarayonlarga 117,2 million dollar xususiy investitsiya yo‘naltirilgan. 

 

Shuningdek, Angren va Sharg‘un ko‘mirlarini aralashtirish hisobiga issiqlik elektr stansiyalariga 1,5 million tonna import o‘rnini bosuvchi mahalliy ko‘mir yetkazib berilgani bildirildi.

 

Taqdimot davomida ko‘mir narxlarini shakllantirishni bozor tamoyillariga o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqildi. Qayd etilishicha, amaldagi ma’muriy narx belgilash tizimi ishlab chiqaruvchilarning moliyaviy barqarorligi hamda yangi investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

 

Shu munosabat bilan 2026 yil 1 iyundan boshlab ko‘mir narxlarini davlat tomonidan belgilash amaliyotini bekor qilish va ko‘mirni davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli strategik tovarlar ro‘yxatidan chiqarish taklif qilindi. Natijada ko‘mir narxlari talab va taklif asosida shakllanib, mahsulot iste’molchilarga birja savdolari orqali sotiladi.

 

Yangi tizim doirasida issiqlik elektr stansiyalari va yirik iste’molchilar ko‘mirni “taklif so‘rovi” tartibida, hisobot davridagi o‘rtacha birja narxlarida xarid qilishi mumkin bo‘ladi. Aholi va byudjet muassasalarini ko‘mir bilan ta’minlash uchun esa alohida mexanizm joriy etilishi rejalashtirilmoqda.

 

Unga ko‘ra, ko‘mir qazib chiqaruvchilar mahsulotni birja savdolaridagi alohida savdo maydonchasi orqali yetkazib beruvchi tadbirkorlarga sotadi. Yetkazib beruvchilar omborxonasi, texnikalari va soliq reytingi kabi mezonlar asosida elektron tizim orqali tanlanadi.

 

Respublika bo‘yicha aholi va byudjet tashkilotlariga yetkazib beriladigan ko‘mir narxlari o‘rtasidagi tafovutni kamaytirish maqsadida temir yo‘l orqali tashish yagona tarif asosida amalga oshiriladi. 

 

Shuningdek, “Ko‘mir ta’minot” MCHJ faoliyatini tugatish hamda hududlardagi 96 ta ko‘mir ombori va texnikalarni auksion savdolari orqali sotish rejalashtirilmoqda.

Afg‘onistonda yer silkinishi: zilzila O‘zbekiston hududlarida sezildi

Afg‘onistonda yer silkinishi: zilzila O‘zbekiston hududlarida sezildi

Afg‘onistonning Badaxshon hududida 5,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Toshkentda suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Toshkentda suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi

Bunga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida suv tarmoqlarida olib boriladigan rejali ta’mirlash ishlari sabab bo‘ladi.

O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish: qaysi hududda qancha xizmat ko‘rsatildi?

O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish: qaysi hududda qancha xizmat ko‘rsatildi?

2026-yilning dastlabki sakkiz oyida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,4 foizga o‘sdi.

Prezident V yozgi Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Prezident V yozgi Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev sportchilarning ota-onalari va murabbiylariga ham minnatdorlik bildirdi.

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Xorijiy va nodavlat OTMlarga maqsadli qabul uchun ajratilgan jami 1652 ta kvota doirasidagi test sinovlari 28-oktyabr kuni o‘tkaziladi.

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

Bu delegatsiya tarixidagi eng yaxshi natija bo‘ldi.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.