Jinoyat

Buxoroda qoramol o‘g‘risi ushlandi

U qoramolni Gentra’ga yuklab, olib ketayotgan bo‘lgan.

Buxoroda qoramol o‘g‘risi ushlandi

Buxoro viloyatida Gentra avtomobilida qoramol o‘g‘irlashga uringan shaxs qo‘lga olindi. Holat Buxoro tumani hududida o‘tkazilgan profilaktik tadbir davomida aniqlangan, deb xabar berdi IIV axborot xizmati.

 

Ma’lum qilinishicha, 20-may kuni tungi soat 01:30 lar atrofida Buxoro—Qiziltepa avtomobil yo‘lida harakatlanayotgan qora rangli Gentra ichki ishlar xodimlarida shubha uyg‘otgan. Profilaktika inspektorlari avtomashinani to‘xtatishga uringan, biroq haydovchi qonuniy talabga bo‘ysunmay harakatni davom ettirgan.

 

Tezkor choralar natijasida avtomobil to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan. Aniqlanishicha, mashinaning orqa o‘rindiqlari olib tashlangan bo‘lib, salon qismida yirik shoxli qoramol olib ketilayotgan bo‘lgan.

 

Surishtiruv davomida qoramol Buxoro tumani “Ko‘chko‘mar” mahallasidagi fermer xo‘jaliklaridan birining dala maydonidan yashirin ravishda o‘g‘irlab ketilayotgani ma’lum bo‘lgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ho‘kizning qiymati qariyb 10 million so‘mni tashkil etadi.

 

Gumonlanuvchi Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida yashovchi fuqaro ekani, u avval ham o‘g‘rilik jinoyati uchun sudlangani aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.