Jahon

Fransiyada immigratsiyani uch yilga to‘xtatish taklif qilindi

2025-yilda mamlakatda rekord darajadagi 4,5 million yashash ruxsatnomasi berilgan.

Fransiyada immigratsiyani uch yilga to‘xtatish taklif qilindi

Fransiya adliya vaziri Jerald Darmanin mamlakatda immigratsiyaga uch yillik moratoriy joriy etishni taklif qildi. Bu haqda u Le Journal du Dimanche nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

 

Vazirning ta’kidlashicha, Fransiya xorijliklarni integratsiya va assimilyatsiya qilish borasida o‘z “chegarasiga yetgan”. Shu sababli u immigratsiyani sezilarli darajada cheklash zarurligini bildirgan.

 

Darmanin bir qator qo‘shimcha choralarni ham taklif etgan. Jumladan, ishlash uchun yashash ruxsatnomasini olgan xorijliklarning qarindoshlariga oilani birlashtirish asosida yashash huquqi berishni to‘xtatish hamda Fransiya Konstitutsiyasini isloh qilib, immigratsion kvotalarni joriy etish tashabbusini ilgari surgan.

 

Uning fikricha, hukumat ariza beruvchilar soni, ularning kelib chiqishi va malakasi bo‘yicha mustaqil ravishda cheklovlar belgilash vakolatiga ega bo‘lishi kerak.

 

“Keling, immigratsiyani to‘xtataylik, chiqarib yuborilishi kerak bo‘lganlarni deportatsiya qilaylik va vizalar berilishini Fransiya hududini tark etish haqidagi qarorlarning bajarilishi bilan bog‘laylik”, — degan Darmanin.

 

Fransiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda mamlakatda rekord darajadagi 4,5 million yashash ruxsatnomasi berilgan. Bu 2024-yilga nisbatan 3,2 foizga ko‘pdir. 

 

Qayd etilishicha, har uchinchi yashash ruxsatnomasi oilani birlashtirish asosida berilgan. Rasmiy statistikaga ko‘ra, Fransiyada qonuniy yashayotgan xorijliklar mamlakat katta yoshli aholisining 8 foizidan ortig‘ini tashkil etadi. 

 

Eng ko‘p yashash ruxsatnomalari Jazoir, Marokash, Tunis va Turkiya fuqarolariga berilgan.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"