Sport

Futzal bo‘yicha 2025-26 — yilgi mamlakat chempionati yakunlandi

Mavsum g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Futzal bo‘yicha 2025-26 — yilgi mamlakat chempionati yakunlandi

“Yunusobod” sport majmuasida futzal bo‘yicha mamlakat milliy chempionatining hal qiluvchi — 12-tur uchrashuvlari, shuningdek, mavsum g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

 

Tantanali marosim avvalida XXIX milliy chempionatning individual sovrinlari o‘z egalariga topshirildi. 

 

 

Unga ko‘ra, 2025/2026-yilgi mavsumning eng intizomli jamoasi sifatida “Maksam-Chirchiq” “Fair Play” (Halol o‘yin) sovrinini qo‘lga kiritdi.

 

 

“Eng yaxshi darvozabon” sovrini — SQB jamoasi posboni Akmal Hazratqulovga topshirildi. 

 

 

XXIX milliy chempionat to‘purari so‘vrini — BMB jamoasi hujumchisi Hebberth Oliveria va Elbek To‘lqinovga nasib etdi.

 

 

“Eng yaxshi murabbiy” sovrini — Maksam Chirchiq jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedovga topshirildi. 

 

 

Mavsumning “Eng yaxshi o‘yinchisi” sovrini — BMB jamoasi futzalchisi Alex Dias Da Silvaga topshirildi. 

 

 

Mavsum yakunlariga ko‘ra, chempionlik kubogi va oltin medallar Jizzaxning “BMB PFC” jamoasiga topshirildi.

 

 

Kumush medallar va vitse-chempionlik unvoni chempionat debyutanti — SQB jamoasi hisobiga yozildi.

 

 

So‘nggi yillarda “BMB PFC”ning asosiy raqobatchilaridan biri bo‘lib kelgan “Oil Star” jamoasi esa bu gal bronza medallari bilan cheklandi.

custom img

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"