Siyosat

Shavkat Mirziyoyev YOII davlatlariga bandlik bo‘yicha milliy elektron xizmatlarni o‘zaro bog‘lashni taklif qildi

Bu tizim fuqarolarga bo‘sh ish o‘rinlari, ishga joylashish shartlari va migratsiya qonunchiligi haqidagi ma’lumotlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish imkonini beradi.

Shavkat Mirziyoyev YOII davlatlariga bandlik bo‘yicha milliy elektron xizmatlarni o‘zaro bog‘lashni taklif qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so'zladi. Prezident o'z nutqida O‘zbekiston uchun Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YOII) mamlakatlari bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish tashqi iqtisodiy siyosatning eng muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolayotganini ta’kidladi.

 

Davlat rahbarining qayd etishicha, bugungi kunda O‘zbekistonning YOII davlatlari bilan o‘zaro hamkorligi kompleks iqtisodiy sheriklik tusini olgan. Xususan, o‘zaro savdo hajmi ortib, sanoat kooperatsiyasi chuqurlashmoqda, logistik aloqalar mustahkamlanmoqda, shuningdek, raqamli iqtisodiyot, energetika va xizmatlar sohalarida yangi yo‘nalishlar shakllanmoqda.

 

Prezident O‘zbekiston Ittifoqning barcha asosiy tadbirlarida faol ishtirok etayotganini bildirib, joriy yilda Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan uch yillik Hamkorlik rejasini amalga oshirish yakunlanayotganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, O‘zbekiston hukumati Qo‘shma ishchi guruhining navbatdagi majlisini kuzda Toshkentda o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rayotgani hamda uning doirasida keyingi davr uchun yangi Hamkorlik rejasini qabul qilish taklif etilayotgani qayd etildi.

 

Nutqda texnik jihatdan tartibga solish tizimlarini yaqinlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlangani, savdo va yuk tashuvlarini raqamlashtirish, elektron tijoratni rivojlantirish hamda iqlim kun tartibiga oid tarmoq dasturlaridagi ishtirok davom ettirilayotgani ta’kidlandi.

 

Shuningdek, Toshkentda Yevrosiyo taraqqiyot bankining mamlakat ofisi ochilgani va birgalikda muayyan loyihalar portfeli shakllantirilgani ma’lum qilindi.

 

Prezident hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari haqida to‘xtalar ekan, O‘zbekiston va YOII davlatlari o‘rtasida to‘siqlarsiz savdoning yagona raqamli makonini shakllantirish muhimligini qayd etdi. Bu borada elektron tijoratni rivojlantirish va uni tartibga solish yondashuvlarini muvofiqlashtirish, bojxona, fitosanitariya va veterinariya nazorati sohalarida raqamli ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yish, tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlash hamda elektron hujjatlarni bosqichma-bosqich o‘zaro tan olish taklif qilindi.

 

Bundan tashqari, raqamli tranzitni joriy etish, kuzatuv tizimlariga ulanish va o‘tkazish punktlarini modernizatsiya qilish orqali “aqlli” transport-bojxona yo‘laklarini yaratish maqsadga muvofiq ekani bildirildi.

 

Davlat rahbari sanoat kooperatsiyasi rivojiga yangi turtki berish zarurligini ham ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, biznes vakillarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, texnologik sheriklik va yangi ishlab chiqarish zanjirlarini shakllantirishga qiziqishi ortib bormoqda. Bunga joriy yil aprel oyida Toshkentda muvaffaqiyatli o‘tkazilgan oltinchi “INNOPROM. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasi misol sifatida keltirildi.

 

Shu munosabat bilan mamlakatlar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasi dasturini tayyorlashda mazkur ko‘rgazma salohiyatidan foydalanish taklif etildi. Istiqbolli yo‘nalishlar sifatida sanoat avtomatizatsiyasi va robototexnika, energetika uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarish, suv tejovchi texnologiyalar hamda zamonaviy qurilish materiallari sohalari qayd etildi.

 

Prezident O‘zbekistonda kooperatsiya bo‘yicha “yagona darcha” formatida Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan hamkorlikda sheriklarni tanlaydigan, erkin sanoat zonalari negizida tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydigan va moliyalashtirishni jalb etishga ko‘maklashadigan qo‘shma loyiha ofisini tashkil etishga tayyor ekanini bildirdi. Shuningdek, YOII davlatlaridan keladigan yuqori texnologiyali rezidentlar uchun qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi sharoitlar ishlab chiqilishi qayd etildi.

 

Nutqda sanoatni “yashil” transformatsiya qilish bo‘yicha qo‘shma dastur qabul qilish taklifi ham ilgari surildi. Ushbu dastur energiya samaradorligini oshirish, toza texnologiyalarni joriy etish va mahsulotlarning uglerod sig‘imini kamaytirishga qaratilishi ta’kidlandi. Prezident bu masala endilikda nafaqat ekologik kun tartibi, balki sanoatning uzoq muddatli raqobatdoshligini ta’minlovchi muhim omilga aylanayotganini qayd etdi.

 

Amaliy choralar sifatida qo‘shma “yashil” loyihalar portfelini shakllantirish, ularni moliyalashtirishning yangi mexanizmlarini rivojlantirish hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash orqali sanoatning ustuvor tarmoqlarini modernizatsiya qilish taklif qilindi.

 

Shuningdek, Prezident tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish dolzarb ekanini bildirib, bandlik bo‘yicha milliy elektron xizmatlarni o‘zaro bog‘lash tashabbusini ilgari surdi. Qayd etilishicha, bu fuqarolarning bo‘sh ish o‘rinlari, ishga joylashish shartlari va migratsiya qonunchiligi haqidagi ma’lumotlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanishini ta'minlaydi.

 

Shu bilan birga, mehnat bozori ehtiyojlarini hisobga olish, xodimlar malakasini oshirish, fuqarolar huquqlarini himoya qilish va norasmiy bandlik xavflarini kamaytirish imkonini beradi.

 

Turizm masalasiga to‘xtalgan Prezident bugungi kunda ushbu soha madaniy-gumanitar hamkorlikning eng jadal rivojlanayotgan yo‘nalishlaridan biriga aylanganini ta’kidladi. U “Markaziy Osiyo turistik halqasi” tashabbusini ilgari surib, YOII mamlakatlarini ushbu loyihada ishtirok etish hamda turistik yo‘nalishni ommabop raqamli platformalarda birgalikda targ‘ib qilishga taklif etdi.

 

Nutq yakunida Shavkat Mirziyoyev Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishga intilish qat’iyligini yana bir bor tasdiqladi. Uning ta’kidlashicha, O‘zbekistonning ilgari surilgan qo‘shma tashabbus va loyihalarda ishtiroki o‘zaro manfaatli sheriklikni mustahkamlash hamda davlatlarning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"