Jinoyat

Andijonda tarkibida taqiqlangan modda mavjud ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi

Jami 11 kilogramm “Keto Coffee Mix” mahsuloti tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi “sibutramin” moddasi bo‘lgan.

Andijonda tarkibida taqiqlangan modda mavjud ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi

Andijon viloyatida tarkibida taqiqlangan moddalar bo‘lgan ozdiruvchi kofelar aniqlandi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha,  Marhamat tumani markazidagi savdo majmuasida 1991-yilda tug‘ilgan fuqaro shartli xaridorga 900 dona “Keto Coffee Mix” mahsulotini 6 million so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Mazkur mahsulotlar Andijon shahridagi “Jahon savdo kompleksi” hududida joylashgan do‘kondan xarid qilingani aniqlangan. Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib, Andijon shahrida yashovchi 1987-yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli savdo nuqtasida tekshiruv o‘tkazildi.

 

Natijada ushbu do‘kondan jami 480 dona “Keto Coffee Mix” mahsuloti musodara qilindi.

 

Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, ashyoviy dalil sifatida olingan jami 11 kilogramm “Keto Coffee Mix” mahsuloti tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi “sibutramin” moddasi mavjud bo‘lib, uning O‘zbekiston hududidagi muomalasi taqiqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.