Madaniyat

Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida uchta yangi o‘zbek animatsion filmi namoyish etiladi

Tomoshabinlarga zamonaviy talqindagi “Zumrad va Qimmat”, Alisher Navoiy asari asosida yaratilgan “Saxovat” hamda “Burch izidan” filmlari taqdim etiladi. Namoyishlar bepul bo‘ladi.

Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida uchta yangi o‘zbek animatsion filmi namoyish etiladi

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan O‘zbekiston kinematografiya agentligi, O‘zbekiston animatsion studiyalar assotsiatsiyasi hamda “ASTIR” animatsion studiyasi hamkorligida yangi animatsion filmlar premyerasi bo‘lib o‘tadi.

 

Namoyish 1-iyun kuni soat 16:00 da Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kino san’ati saroyida tashkil etiladi. Tomoshabinlarga “Zumrad va Qimmat”, “Saxovat” hamda “Burch izidan” animatsion filmlari taqdim etiladi.

 

“Zumrad va Qimmat” filmi xalq ertagi qahramonlarining zamonaviy talqiniga bag‘ishlangan. Har biri 10 daqiqadan iborat ikki qismli filmda qahramonlarning bugungi davrga mos qiyofasi, qiziqishlari va hayot tarzi aks ettirilgan. 

 

  • Ssenariy muallifi: Mehrixon Hakimova 
  • Rejissyor: Abdulatif Haydarov
  • Postanovkachi rassom: Zilola Hamidova
  • Kompozitor: Aleksey Izvolskiy

 

“Saxovat” animatsion filmi esa Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” asari asosida yaratilgan. Asarda saxovat, insoniylik va ezgulik g‘oyalari tarixiy voqealar hamda sarguzashtlar orqali yoritiladi. 

 

  • Ssenariy muallifi: Rustam Iqbol
  • Rejissyor: Abdulatif Haydarov
  • Postanovkachi rassom: Zilola Hamidova
  • Kompozitor: Shuhrat Zokirov

 

“Burch izidan” animatsion filmi o‘rmon hayoti va quyonlar sarguzashtlari orqali ota mehr-muhabbati, jasorat va fidoyilik mavzulariga bag‘ishlangan. 

 

  • Ssenariy muallifi: Abdulla Chimirzayev
  • Rejissyor: Abdulatif Haydarov
  • Postanovkachi rassom:Farid Hamroqulov
  • Kompozitor: Aleksey Izvolskiy

 

Uchala filmga ham rejissyor sifatida Abdulatif Haydarov boshchilik qilgan. Animatsion qahramonlarga Barno Qodirova, Iroda Ahmedova, Asadullo Nabiyev, Navro‘z Jumayev, Ixtiyor Otajonov, Asadulla Abdullayev, Baxtiyor Yusupov va Erkin Bozorov kabi aktyorlar ovoz bergan.

 

Tashkilotchilar ma’lum qilishicha, animatsion filmlar namoyishi barcha tomoshabinlar uchun bepul bo‘ladi.

 

custom img

Turk kinosi yulduzlari Toshkentda: kino kunlari boshlanadi

25–29-sentabr kunlari Toshkentda “Turk kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi. Tadbirning ochilish marosimida Engin Altan Duzyatan, Ozge Gurel, Serkan Chayoglu va Deniz Barut o‘zbekistonlik muxlislar bilan uchrashadi.

custom img

Koreyada O‘zbekiston nafasi: milliy sanʼat va madaniyat namoyishi

Joriy yilning 14–21-sentyabr kunlari Koreya Respublikasining Kochang, Boryon, Seul, Chonju, Andong va Sunchon shaharlarida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” o‘tkazilmoqda.

custom img

O‘zbek ohanglari London sahnalarida: yangi musiqiy hamkorlikka start berildi

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya musiqa sanʼati, taʼlimi va industriyasi sohalarida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

custom img

Ulug‘bek Qodirov VII Xalqaro Lendok film festivalida “Eng yaxshi aktyor” deb topildi

Aktyor mukofotga “Kazbek” filmidagi bosh roli uchun sazovor bo‘lgan.

custom img

Toshkentda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar muhokama qilinib, yangi rahbarlar tayinlandi

Yig‘ilishda sohadagi kamchiliklar tanqid qilinib, yil yakuniga qadar namunali ko‘rsatkichlarga erishish vazifasi belgilandi.

custom img

O‘zbekiston va Gretsiya 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan madaniy hamkorlik dasturini imzoladi

Iskandar Makedonskiy va Roksana tarixiga bag‘ishlangan qo‘shma badiiy film yaratish tashabbusi ilgari surildi.

custom img

Ganjada O‘zbekiston va Ozarbayjon san’atkorlari ishtirokida “Do‘stlik” konserti bo‘lib o‘tdi

Tadbir ikki qardosh xalq madaniyatini o‘zaro targ‘ib etish hamda do‘stlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga hissa qo‘shgan madaniy voqea sifatida baholandi.

custom img

Belarus Respublikasida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tmoqda

Minsk shahridagi “Pobeda” kinoteatrida “O‘zbek kinosi kunlari” tantanali ravishda ochildi. O‘zbek filmlari belarus tomoshabinlariga namoyish etilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"