Jahon

Tramp ozishi kerak — shifokor

AQSh prezidenti Donald Trumpning sog‘lig‘i haqidagi tibbiy xulosa e’lon qilindi.

Tramp ozishi kerak — shifokor



Prezidentning shifokori doktor Barbabella Trampning umumiy salomatligi juda yaxshi ekanini ta’kidlab, yurak-qon tomir tizimi, o‘pkalari va asab tizimi yaxshi holatda ishlayotganini, shuningdek, uning kognitiv va jismoniy ko‘rsatkichlari yuqori darajada ekanini bildirgan. Bu haqda CNN xabar berdi.



Shu bilan birga, shifokor profilaktik maqsadlarda prezidentga jismoniy faollikni oshirish va vaznni kamaytirishni tavsiya qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Trampning vazni bir yil ichida 101,6 kilogrammdan 108 kilogrammgacha oshgan. Uning bo‘yi 1,91 metrni tashkil etadi. Shuningdek, davlat rahbariga ovqatlanish tartibini qayta ko‘rib chiqish va aspirin preparatini kam dozada qabul qilish tavsiya etilgan.



Avvalroq ommaviy axborot vositalarida Trampning qo‘lida kuzatilgan ko‘karishlar keng muhokama qilingan edi. Tibbiy ko‘rik davomida prezidentning qo‘l panjasi ustki qismida gematoma va teri tirnash xususiyati aniqlangan. Shifokorlar bunga tez-tez qo‘l berib salomlashish hamda yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish uchun qabul qilinayotgan aspirin sabab bo‘lishi mumkinligini qayd etgan.



Ma’lumotlarga ko‘ra, profilaktika uchun odatda kuniga 81 milligramm aspirin tavsiya etiladi. Biroq Trampning shifokori joriy yil yanvar oyida bergan intervyusida prezident 325 milligramm aspirin qabul qilayotganini ma’lum qilgan.



2026-yil 14-iyun kuni Donald Tramp 80 yoshni qarshi oladi. U prezidentlik lavozimiga kirishgan paytda AQSh tarixidagi eng keksa prezidentlardan biri bo‘lgan.



Hozircha AQSh tarixidagi eng yoshi katta prezident sifatida Jo Bayden hisoblanadi. U prezidentlik faoliyatini 82 yoshida yakunlagan. Agar Tramp ehtimoliy ikkinchi muddatini to‘liq o‘tab bersa, u lavozimni o‘zidan oldingi prezidentdan taxminan yarim yil kattaroq yoshda tark etadi.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.