Jahon

Rossiya Ukrainaning bir necha shahri aviazarbalar berdi — 10 dan ortiq kishi halok bo'ldi

Hujum davomida jami 73 ta raketa va 656 ta turli xil dronlar qo‘llangan.

Rossiya Ukrainaning bir necha shahri aviazarbalar berdi — 10 dan ortiq kishi halok bo'ldi

 

Rossiya kuchlari 2-iyunga o‘tar kechasi Ukraina hududiga navbatdagi keng ko‘lamli raketa va dron hujumini amalga oshirdi. Zarbalar Kiyev, Dnepr, Xarkov, Zaporijjiya hamda bir qator boshqa viloyatlarni qamrab olgan. Bu haqda BBC xabar berdi.

 

Ukraina rasmiylarining ma’lum qilishicha, hujumlar oqibatida Kiyevda kamida 5 kishi, Dneprda esa 9 kishi halok bo‘lgan. Shuningdek, o‘nlab fuqarolar turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

 

Hujum arafasida Vladimir Zelenskiy va mamlakat harbiy rahbariyati Rossiya yangi qo‘shma raketa va dron hujumiga tayyorlanayotgani haqida ogohlantirgan hamda aholini havo xavfi signallariga jiddiy munosabatda bo‘lishga chaqirgan edi.

 

Ukraina Harbiy-havo kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, tungi hujum davomida jami 73 ta raketa va 656 ta turli turdagi dron qo‘llangan. Jumladan, zarbalar uchun “Kalibr” qanotli raketalari, “Iskander-M” ballistik raketalari, X-101 qanotli raketalari va “Tsirkon” raketalaridan foydalanilgan.

 

Ukraina harbiylari 40 ta raketa hamda 602 ta dron urib tushirilgani yoki radioelektron vositalar yordamida zararsizlantirilganini ma’lum qilgan. Shu bilan birga, 33 ta raketa va 33 ta dron o‘z nishonlariga yetib borgani qayd etilgan.

 

Rossiya Mudofaa vazirligi esa hujumlar Ukraina harbiy-sanoat kompleksi korxonalari, yoqilg‘i infratuzilmasi obyektlari, transport tarmoqlari va harbiy aerodromlarga qaratilganini bildirgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Xarkov, Dnepr va Zaporijjiya shaharlari bilan bir qatorda Poltava, Xmelnitskiy hamda Sumi viloyatlarida ham qayd etilgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"