Jahon

Tojikistonda havo shari qulashi oqibatida 3 kishi jarohatlandi, biri O‘zbekiston fuqarosi

Bolalar kuni tadbiri davomida kuchli shamol oqibatida havo shari nazoratdan chiqib, binolar ustiga qulagan.

Tojikistonda havo shari qulashi oqibatida 3 kishi jarohatlandi, biri O‘zbekiston fuqarosi

 

Tojikistonning Xo‘jand shahrida Bolalar kuni tadbiri doirasida O'zbekistndan olib kelingan havo shari kuchli shamol oqibatida boshqaruvdan chiqib, turar-joy binolari tomlariga qulashi natijasida uch kishi jarohat oldi. Bu haqda Asiaplus nashri xabar berdi.

 

Hodisa 1-iyun kuni kechki vaqtda Kamoli Xo‘jandiy teatri yaqinida qayd etilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bayram tadbiri tashkilotchilari tomonidan o‘rnatilgan havo shari kuchli shamol sabab boshqaruvni yo‘qotib, yaqin atrofdagi binolar ustiga qulashi natijasida xavfli vaziyat yuzaga kelgan.

 

Ma’lum qilinishicha, jarohat olganlar orasida O‘zbekiston fuqarosi ham bor bo‘lib, ular tezkor ravishda shifoxonaga yetkazilgan va ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 

 

Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar xizmatlari hamda tegishli idoralar zudlik bilan yetib borib, hududda xavfsizlik choralarini ko‘rgan. Dastlabki baholashlarga ko‘ra, holat favqulodda vaziyat emas, balki kuchli shamol oqibatida yuz bergan baxtsiz hodisa sifatida qayd etilmoqda.

 

Havo shari qulashi natijasida bir nechta uylarning tom qismiga zarar yetgan.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"