Siyosat

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida inson kapitalini rivojlantirish qo‘shma onlayn-platformasini yaratish taklif etildi

Platformaning vazifasi ta’lim, kasbiy tayyorgarlik va mehnat bozorini o‘zaro bog‘lashdan iborat.

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida inson kapitalini rivojlantirish qo‘shma onlayn-platformasini yaratish taklif etildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Peterburg xalqaro iqtisodiy forumidagi nutqida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida qo‘shma raqamli ekotizim hamda inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan onlayn platformani yaratishni taklif etdi.

 

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, qo‘shma raqamli ekotizimning dastlabki bosqichi raqamli savdo va shahar servislarini tartibga solish qoidalarini yaqinlashtirish, ikki mamlakat brendlarini hamkorlikdagi platformalarda ilgari surish, bandlik bo‘yicha yagona raqamli profil yaratish hamda sun’iy intellekt asosidagi mahsulotlarni rivojlantirishni qamrab olishi mumkin.

 

Prezidentning qayd etishicha, bunday tashabbuslar biznes uchun yangi bozorlarni ochib bersa, fuqarolar uchun qo‘shimcha daromad topish imkoniyatlarini yaratadi.

 

Shavkat Mirziyoyev raqamlashtirish jarayonlarida inson omili ustuvor ahamiyatga ega bo‘lishi kerakligini ta’kidlab, O‘zbekiston dunyodagi eng yosh davlatlardan biri ekanini, aholisining yarmidan ko‘prog‘ini yoshlar tashkil etishini eslatdi.

 

Davlat rahbari yoshlarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash bilan bir qatorda, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur sharoitlarni yaratish muhimligini qayd etdi. Shu nuqtayi nazardan ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlik alohida ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

 

Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda 32 ta xorijiy oliy ta’lim muassasasi filiali faoliyat yuritmoqda. Shundan 15 tasi Rossiya oliygohlariga tegishli bo‘lib, bu Rossiyaning xorijdagi eng yirik universitetlar tarmog‘i hisoblanadi.

 

Prezident kasbiy ta’limni rivojlantirish va amaliyotga yo‘naltirilgan kadrlar tayyorlash dasturlarini kengaytirish zarurligiga ham e’tibor qaratdi. Onlayn ta’lim servislarini rivojlantirish yoshlarning, jumladan, chekka hududlarda yashovchilarning sifatli bilim olish imkoniyatlarini kengaytiradi hamda mehnat mobilligini yangi bosqichga olib chiqadi.

 

Shu munosabat bilan Shavkat Mirziyoyev ta’lim, kasbiy tayyorgarlik va mehnat bozorini o‘zaro bog‘laydigan Inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma onlayn platformani yaratishni taklif etdi.

 

Davlat rahbari ta’kidlashicha, mazkur platforma ta’lim dasturlari, xorijiy tillar va axborot texnologiyalari kurslari, yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda ish beruvchilar bilan muloqot imkoniyatlarini birlashtirishi mumkin.

 

Bu tizim yoshlar uchun yangi iqtisodiyotga yo‘l ochadi, biznesni malakali kadrlar bilan ta’minlaydi hamda ta’lim muassasalariga mehnat bozorining real ehtiyojlari bilan samarali ishlash imkonini berishi qayd etildi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida inson kapitalini rivojlantirish qo‘shma onlayn-platformasini yaratish taklif etildi | Zamon.uz