Jahon

Putin va Zelenskiy uchrashishi kerak — Tramp

AQSh prezidenti ikki davlat rahbarining bevosita muloqoti mojaroni hal etish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Putin va Zelenskiy uchrashishi kerak — Tramp

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashuv o‘tkazilishi g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

 

Oq uyda jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida Tramp ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi mojaroni hal etish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan.

 

“Menimcha, ular uchrashsa juda yaxshi bo‘lardi. Ular bu mojaroga yakun yasashlari kerak”, — degan AQSh prezidenti.

 

Tramp, shuningdek, Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlikka erishish uchun murosaga asoslangan yechim zarurligini qayd etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar kelishuvga erishish yo‘lida muayyan yon berishlarga tayyor bo‘lishi lozim.

 

AQSh yetakchisi Vashington ushbu jarayon bilan yaqindan shug‘ullanayotganini bildirib, mojaroga barham berish bo‘yicha diplomatik sa’y-harakatlar davom etayotganini ta’kidlagan.

 

Avvalroq Ukraina prezidenti Rossiya prezidentiga ochiq maktub yo‘llab, urushni tugatish va oliy darajadagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni boshlashni taklif qilgan edi. Kreml esa mazkur maktub qabul qilinganini va uning mazmuni Rossiya prezidentiga yetkazilishini ma’lum qilgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"