Jahon

Sahroi Kabirda 50 ga yaqin kishi suvsizlikdan halok bo‘ldi

Cho‘lda yuk mashinasi buzilib qolgan. Mashinada Qurbon hayiti munosabati bilan Maliga borgan va u yerdan qaytayotgan Niger fuqarolari bo‘lgan.

Sahroi Kabirda 50 ga yaqin kishi suvsizlikdan halok bo‘ldi

Nigerning shimoliy qismidagi Sahroi Kabir cho‘lida yuk mashinasi buzilib qolishi oqibatida kamida 49 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

 

Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar uzoq vaqt davomida suvsiz qolgan.Hodisa Qurbon hayiti munosabati bilan Maliga borgan va u yerdan qaytayotgan Niger fuqarolari bilan sodir bo‘lgan. 

 

Ularni olib ketayotgan yuk mashinasi Niger va Jazoir chegarasidagi Assamaka o‘tish punktidan 80 kilometrdan ortiq masofada buzilib qolgan.

 

Agadez viloyati gubernatori ma’lum qilishicha, yo‘lovchilar yuqori harorat hukm surayotgan va ta’minot manbalari mavjud bo‘lmagan hududda qolib ketgan. Haydovchi va yo‘lovchilar bir necha kun davomida transport vositasini ta’mirlashga uringan, biroq buning uddasidan chiqa olmagan.

 

Natijada yo‘lovchilarning aksariyati suvsizlikdan vafot etgan. Qutqaruvchilar yuk mashinasi ostida va uning atrofida o‘nlab jasadlarni topgan. Halok bo‘lganlarning barchasi Niger fuqarolari bo‘lib, ular ommaviy qabrlarga dafn etilgan.

 

Fojiadan faqat ikki kishi omon qolgan. Ular piyoda Assamakagacha yetib borib, hodisa haqida hokimiyat organlariga xabar bergan.

 

Qutqaruv guruhi voqea joyidan qaytayotganda yana bir buzilib qolgan yuk mashinasini aniqlagan. Unda bo‘lgan 60 nafardan ortiq kishi akkumulyator nosozligi sabab uch kun davomida cho‘lda qolib ketgan. Qutqaruvchilar ularga suv yetkazib bergan va transport vositasini ta’mirlashga yordam ko‘rsatgan.

 

Mutaxassislar Niger cho‘li G‘arbiy Afrikadan Yevropaga yo‘l olgan muhojirlar uchun asosiy tranzit yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolayotganini, biroq bu yo‘l katta xavf-xatarlar bilan bog‘liqligini ta’kidlamoqda.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"