Jahon

NATO Ukraina uchun 70 milliard yevrolik yangi harbiy yordam paketini muhokama qilmoqda

Ukrainani qo‘llab-quvvatlash masalasi 7–8 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan NATO sammitining asosiy mavzularidan biri bo‘lishi kutilmoqda.

NATO Ukraina uchun 70 milliard yevrolik yangi harbiy yordam paketini muhokama qilmoqda

NATO mamlakatlari Ukraina uchun 70 milliard yevrolik yangi harbiy yordam majburiyatini qabul qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Mazkur tashabbus alyansning kelasi oy Anqarada bo‘lib o‘tadigan sammitida e’lon qilinishi mumkin.

 

Politico nashrining NATOdagi diplomatlarga tayanib xabar berishicha, Germaniya tomonidan ilgari surilgan taklif Ukrainaga ajratilayotgan mablag‘lar ustidan nazorat va shaffoflikni kuchaytirishga qaratilgan yangi mexanizmni ham o‘z ichiga oladi. 

 

Tashabbus ayrim davlatlarning Kiyevni qo‘llab-quvvatlash xarajatlari teng taqsimlanmayotgani haqidagi e’tirozlari fonida muhokama qilinmoqda.

 

Taklifga ko‘ra, 70 milliard yevroning 30 milliard yevrosi Yevropa Ittifoqining avvalroq tasdiqlangan 90 milliard yevrolik kredit dasturidan, qolgan 40 milliard yevro esa NATO a’zolarining ikki tomonlama majburiyatlari hisobidan shakllantiriladi.

 

Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushi beshinchi yilga kirayotgan bir paytda NATO ittifoqchilari Kiyevni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish masalasini muhokama qilmoqda. AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati davrida Ukrainaga yangi harbiy yordam deyarli to‘xtatilgan bo‘lib, Vashington hozirda Kiyevga asosan boshqa ittifoqchilar tomonidan moliyalashtirilayotgan qurollarni sotmoqda.

 

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan uchrashuvda Yevropa davlatlarini Patriot havo mudofaa tizimlari uchun raketalar yetkazib berishni ko‘paytirishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mavjud zaxiralarning kamayishi yetkazib berish jarayoniga ta’sir ko‘rsatmoqda.

 

Kiel instituti ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa davlatlari 2026 yilning yanvar–aprel oylarida Ukrainaga oyiga o‘rtacha 2 milliard yevro harbiy yordam ajratgan. Shu davrda AQSh tomonidan yangi harbiy yordam qayd etilmagan.

 

Ukrainani qo‘llab-quvvatlash masalasi 7–8-iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan NATO sammitining asosiy mavzularidan biri bo‘lishi kutilmoqda. Diplomatlarga ko‘ra, yakuniy qaror NATO mudofaa vazirlari yig‘ilishidan so‘ng qabul qilinishi mumkin.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.