O'zbekiston

Qarshida hokim o‘rinbosarining xodimlarga qo'pol munosabati yuzasidan o‘rganish boshlandi

Xodimlarni dam olish kunlari ishga jalb qilish va ularga nisbatan haqoratli munosabatda bo‘lish haqidagi xabarlar o‘rganilmoqda.

Qarshida hokim o‘rinbosarining xodimlarga qo'pol munosabati yuzasidan o‘rganish boshlandi

 

Qarshi shahri hokimining birinchi o‘rinbosari Nurbek Turdiyevning xodimlarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgani hamda ularni dam olish kunlari ishga jalb qilgani haqidagi xabarlar yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish ishlari boshlandi.

 

Inspeksiyaning ma’lum qilishicha, mazkur holat vakolatli organ tomonidan nazoratga olinib, murojaatlarda keltirilgan holatlar yuzasidan tegishli tekshiruv tadbirlari olib borilmoqda. O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishi bildirilgan.

 

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda mansabdor shaxs ishtirokidagi videolavha tarqalgan edi. Unda onlayn yig‘ilishga kechikib qo‘shilgan xodimga nisbatan haqoratli va keskin so‘zlar ishlatilgani aks etgan.

 

Murojaat mualliflari hokim o‘rinbosari tomonidan xodimlarga muntazam ravishda bosim o‘tkazilishi, ularning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazuvchi munosabatlarga yo‘l qo‘yilgani hamda ayrim hollarda asossiz ravishda ishdan bo‘shatish holatlari kuzatilganini ta’kidlagan.

 

Shuningdek, sud qarori bilan ishga tiklanishi belgilangan ayrim xodimlarning amalda o‘z vazifalariga qaytarilmagani yuzasidan ham e’tirozlar bildirilgan.

 

Davlat mehnat inspeksiyasi mazkur holatlar yuzasidan o‘rganish ishlari davom etayotganini hamda yakuniy xulosalar bo‘yicha jamoatchilikka qo‘shimcha axborot berilishini ma’lum qildi.

Shavkat Mirziyoyev Prezident Olimpiadasi sport musobaqalarining g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Prezident Olimpiadasi sport musobaqalarining g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Davlat rahbari sportchilarning ota-onalari, ustoz va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi.

Toshkentda avtobus haydovchisi transport vositasi ostida qolib, halok bo‘ldi

Toshkentda avtobus haydovchisi transport vositasi ostida qolib, halok bo‘ldi

Avtobusning qo‘l tormozi faollashtirilmagani oqibatida transport vositasi harakatlana boshlagan va uni to‘xtatishga uringan haydovchi avtobus ostida qolib ketgan.

O‘zbek kinosi uchun yangi iste’dodlar: Istanbulda talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbek kinosi uchun yangi iste’dodlar: Istanbulda talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Turkiyada tahsil olayotgan yoshlar o‘zbek kinosining bugungi holati, yangi filmlar va xalqaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.

Namanganda 560 mln so‘mlik dori vositalari yoqib yuborildi

Namanganda 560 mln so‘mlik dori vositalari yoqib yuborildi

Tadbir davomida jami 138 031 flakon dori vositasi, 225 kilogramm dori vositalari xomashyosi, 39 053 dona qadoqlash idishlari hamda ishlab chiqarish jihozlari ham yo‘q qilindi.

Asakada alimentdan qarzdor 14 nafar ota qamaldi

Asakada alimentdan qarzdor 14 nafar ota qamaldi

Sayyor sudda 30 nafar otaning javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilgan.

Nukusda kredit qarzi sabab “HOWO” xatlandi

Nukusda kredit qarzi sabab “HOWO” xatlandi

Ijro hujjatiga ko‘ra, fuqaroning bankdan 2,2 mlrd so‘m qarzi bo‘lgan.

Andijonda o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino buzdirildi

Andijonda o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino buzdirildi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro tadbirkorga tegishli joyni noqonuniy ravishda egallab olgan.

Biznes taklifi ortidagi firibgarlik: O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada ushlandi

Biznes taklifi ortidagi firibgarlik: O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada ushlandi

U fuqarolarga qo‘shma biznes taklif qilib, katta miqdordagi pulni firibgarlik yo‘li bilan olganlikda gumonlanmoqda.