Jahon

Sankt-Peterburgga dronlar hujumi uyushtirildi

Gubernator aholini ehtiyotkorlikka chaqirib, mobil internet uzilishlari mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Sankt-Peterburgga dronlar hujumi uyushtirildi

 

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri 6-iyun kuni ertalab dronlar yordamida amalga oshirilgan keng ko‘lamli hujumga uchradi. Bu haqda shahar gubernatori Aleksandr Beglov ma’lum qildi.

 

Uning bildirishicha, hujum vaqtida havo mudofaasi tizimlari ishga tushirilgan va zarur xavfsizlik choralari ko‘rilgan. Shuningdek, aholi ehtiyotkorlikka chaqirilib, mobil internet xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan.

 

Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko ma’lumotiga ko‘ra, viloyat hududi ustida 86 ta uchuvchisiz uchish apparatlari yo‘q qilingan.

 

Rossiya Mudofaa vazirligi esa mamlakatning turli hududlari ustida jami 376 ta dron urib tushirilganini ma’lum qilgan. Hujumlar Belgorod viloyati, Bryansk viloyati, Kaluga viloyati, Kursk viloyati, Novgorod viloyati, Orel viloyati va Pskov viloyati hududlarida ham qayd etilgani bildirilgan.

 

Belgorod viloyatida Ukraina Qurolli Kuchlari tomonidan amalga oshirilgan hujumlar natijasida bir kishi halok bo'lgan va yana biri yaralangan.

Rossiya droni Kamishevaxada qutqaruvchilarga hujum qildi: Zelenskiy buni shafqatsizlik deb atadi

Rossiya droni Kamishevaxada qutqaruvchilarga hujum qildi: Zelenskiy buni shafqatsizlik deb atadi

Dron Zaporojjya viloyatida 55 kishi halok bo‘lgan aviazarba oqibatlarini bartaraf etayotgan qutqaruvchilarga hujum qildi.

Isroilda Netanyahuning raqibiga imkoniyat berildi: yangi hukumatni shakllantirish unga topshirildi

Isroilda Netanyahuning raqibiga imkoniyat berildi: yangi hukumatni shakllantirish unga topshirildi

Bu qaror parlamentdagi ko‘pchilikni yo‘qotgan amaldagi bosh vazir Benyamin Netanyahuning hokimiyatda qolish imkoniyatlarini yanada murakkablashtirdi.

Fransiya maxsus xizmatlari Makronni evakuatsiya qilish rejasini ishlab chiqqan: maxfiy bunker bor

Fransiya maxsus xizmatlari Makronni evakuatsiya qilish rejasini ishlab chiqqan: maxfiy bunker bor

Fransiya maxsus xizmatlari 2027-yilgi prezidentlik saylovlari davrida yuz berishi mumkin bo‘lgan tartibsizliklarga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Yaponiyada 5,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi: kamida 22 kishi jarohatlandi

Yaponiyada 5,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi: kamida 22 kishi jarohatlandi

Rasmiylar yaqin kunlarda yana kuchli zilzilalar yuz berishi mumkinligidan ogohlantirdi.

AQSH Eronning quruqlikdagi ta’minot yo‘llarini ham to‘smoqchi: maxsus guruh tuzildi

AQSH Eronning quruqlikdagi ta’minot yo‘llarini ham to‘smoqchi: maxsus guruh tuzildi

AQSH Eronning dengizdagi ta’minot yo‘llariga qo‘yilgan blokadani quruqlikdagi yo‘nalishlarga ham kengaytirmoqda.

G‘azoda kuchli yomg‘ir: 70 mingta chodirni suv bosdi

G‘azoda kuchli yomg‘ir: 70 mingta chodirni suv bosdi

Chodirlar o‘rniga yig‘ma uylar yetkazib berilishi kerak edi. Biroq Isroil ularni G‘azoga olib kirishga ruxsat bermagan.

Polshaning Krakov shahrida otishma yuz berdi: besh kishi halok bo‘ldi

Polshaning Krakov shahrida otishma yuz berdi: besh kishi halok bo‘ldi

Politsiya hujumchi yolg‘iz harakat qilganini va jamoatchilik uchun boshqa xavf yo‘qligini bildirgan.

Rossiya Ukrainaga yangi zarba berishga tayyorlanmoqda — Zelenskiy

Rossiya Ukrainaga yangi zarba berishga tayyorlanmoqda — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Ukraina Havo kuchlari va Qurolli kuchlari ehtimoliy hujumdan himoyalanishga tayyorgarlik ko‘rayotganini bildirdi.