Jahon

Xomanaiy Tramp bilan uchrashmaydi

Tehron AQSH prezidenti  bilan Eron oliy rahbari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilmaganini ma’lum qildi.

Xomanaiy Tramp bilan uchrashmaydi

 

Eron oliy rahbarining harbiy maslahatchisi Mohsen Rizoiy Donald Tramp va Xomanaiy o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tishi ehtimolini rad etdi.

 

Mohsen Rizoiy CNN telekanaliga bergan intervyusida mazkur masalaga izoh berar ekan, hozirgi sharoitda bunday uchrashuv rejalashtirilmaganini ta’kidlagan.

 

“Bu sodir bo‘lmaydi. Hozir biz muzokaralarning birinchi bosqichidamiz va janob Tramp muzokaralarni to‘xtatib qo‘ydi. Shu sababli bunday uchrashuv bo‘lmaydi”, degan u.

 

Avvalroq Donald Tramp Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan kelishuvga erishilgan taqdirda Eron oliy rahbari bilan uchrashish ehtimolini istisno qilmagandi. AQSH prezidenti hatto tomonlar o‘rtasida muloqot uchun imkoniyat mavjudligini ham qayd etgan edi.

 

Biroq Eron tomoni hozircha bunday uchrashuv masalasi kun tartibida emasligini bildirib, muzokaralar jarayonining dastlabki bosqichida ekanini ma’lum qilgan. 

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"