Jahon

Ebola epidemiyasiga qarshi kurash uchun 518 million dollar ajratiladi

Kongoda bir kunning o‘zida 71 ta yangi holat aniqlangan bo‘lib, rasmiylar buni “jamiyat ichida faol tarqalish” belgisi deb baholagan.

Ebola epidemiyasiga qarshi kurash uchun 518 million dollar ajratiladi

Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusining Bundibugyo turi tarqalishi davom etar ekan, mamlakatda tasdiqlangan holatlar soni 488 taga, vafot etganlar soni esa 86 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash organlariga tayanib, AP xabar berdi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, payshanba kuni bir sutkaning o‘zida 71 ta yangi holat qayd etilgan. Mutaxassislar buni kasallikning aholi orasida faol tarqalayotganidan dalolat beruvchi xavotirli ko‘rsatkich sifatida baholamoqda.

 

Qo‘shni Ugandada ham Ebola bilan bog‘liq 19 ta tasdiqlangan holat va ikki o‘lim qayd etilgan.

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesusning ta’kidlashicha, epidemiya bir necha hafta davomida aniqlanmasdan tarqalgan. Mintaqadagi shifoxonalarda Ebola virusining aynan ushbu turini aniqlash imkoniyatlari bo‘lmagani sababli kasallik kengroq yoyilib ketgan.

 

Bundibugyo turidagi Ebola uchun hozircha tasdiqlangan vaksina yoki maxsus davolash usuli mavjud emas. Shunga qaramay, Kongo hukumati epidemiya rasman tasdiqlanganidan buyon kamida besh nafar bemor sog‘ayganini ma’lum qilgan.

 

Vaziyatning jiddiylashuvi fonida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Ebola tarqalishini jilovlash uchun 518 million dollarlik xalqaro reja ishga tushirilganini e’lon qildi. Tedros Gebreyesusga ko‘ra, kasallikni nazorat ostiga olish siyosiy iroda, barqaror moliyalashtirish hamda mahalliy aholi ishonchi va hamkorligiga bog‘liq.

 

Mutaxassislar epidemiyaga qarshi kurashga Kongo sharqidagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat ham salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini qayd etmoqda. Xususan, hukumat kuchlari bilan M23 isyonchi guruhi o‘rtasidagi to‘qnashuvlar va qurolli hujumlar yordam yetkazish hamda tibbiy xizmatlarni tashkil etishni murakkablashtirmoqda.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Shunga o‘xshash xavfsizlik choralari Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarda ham ko‘rilmoqda.

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

2026-yil yanvaridan oktabrigacha davlat tili imtihonini birinchi marta topshirganlarning 17,9 foizi muvaffaqiyatli natija ko‘rsatgan.