Jahon

Eron yadroviy qurolga ega bo‘lishiga hech qachon yo‘l qo‘ymaymiz — Tramp

AQSh prezidenti Eronning yuqori darajada boyitilgan uran zaxiralarini kelishuvga erishilgan taqdirda ham, kelishuv bo‘lmagan holatda ham nazorat ostiga olishi va yo‘q qilishini ma’lum qildi.

Eron yadroviy qurolga ega bo‘lishiga hech qachon yo‘l qo‘ymaymiz — Tramp

 

AQSh prezidenti Donald Tramp NBC News telekanaliga bergan intervyusida Eron bilan ehtimoliy yadroviy kelishuv bo‘yicha Vashingtonning pozitsiyasini keskinroq shaklda bayon qildi. U AQSh Eronning yuqori darajada boyitilgan uran zaxiralarini “kelishuv bo‘lsa ham, bo‘lmasa ham” nazorat ostiga olishi va yo‘q qilishini ma’lum qilgan.

 

“Agar kelishuvga erishsak va munosabatlarni yo‘lga qo‘ysak, buni birgalikda amalga oshiramiz. Uranni olib tashlaymiz va uni joyida yoki tashqarida yo‘q qilamiz. Va biz u yerga ular bilan yoki ularsiz boramiz”, degan Tramp.

 

U, shuningdek, kelishuv bo‘lmagan taqdirda AQSh Eronga nisbatan “juda qattiq harbiy zarba” berishga tayyorligini aytgan.

Tramp Eronning amaldagi rahbariyati avvalgisiga qaraganda “oqilona va juda aqlli” ekanini aytgan hamda Oliy rahbar Mojtabo Xomanaiy ehtimoliy kelishuvni tasdiqlash jarayonida “ishtirok etayotganini” bildirgan. U yangi rahbar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilishga tayyorligini ham qo‘shimcha qilgan.

 

“Yoshroq. Menimcha, oqilonaroq. U yaralangan, jiddiy yaralangan. Shunday bo‘lsa ham AQSh bilan ishlar qanday ketayotganini so‘rayapti — bunda ma’lum jasorat bor”, deya ta'kidlagan Tramp.

 

AQSh prezidenti Eronning raketa va dron salohiyati haqida ham keskin da’vo qilgan:

“Biz ularning harbiy kuchlarini butunlay yo‘q qildik. Ularda bir nechta raketalar qoldi. Bir nechta dronlar”, dedi Tramp va Eron urushdan oldingi raketa zaxirasining atigi “21–22 foizi” qolganini taxmin qilgan.

 

Tramp Eron bilan kelishuvga “juda yaqin” qolinganini aytgan, biroq Vashington endi faqat “yadroviy qurol ishlab chiqarmaslik” emas, balki yadroviy qurolni sotib olmaslik, boyitilgan uranni topshirish va Hormuz bo‘g‘ozi bo‘yicha qo‘shimcha majburiyatlarni ham talab qilmoqda. Tehron esa muzlatilgan aktivlarni yechish va ayrim qat’iy talablarning yumshatilishini kelishuv uchun muhim shart deb hisoblamoqda.

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Namoyishchilar 2023-yil 7-oktyabr kungi HAMAS hujumi yuzasidan mustaqil tergov o‘tkazilishini va mas’ullarni javobgarlikka tortishni talab qildi.

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

AQSh Mudofaa vazirligi ushbu tuzilmalarni milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgan.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.