Jahon

Tramp uch nafar yaqin yordamchisiga 45 ming dollardan Rojdestvo sovg‘asi bergan

Huquqshunos bunday to‘lovlar federal qonunchilikka zid bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Tramp uch nafar yaqin yordamchisiga 45 ming dollardan Rojdestvo sovg‘asi bergan



AQSH prezidenti Donald Tramp o‘tgan Rojdestvo bayramida o‘zining uch nafar yaqin yordamchisiga har biriga 45 ming dollardan pul sovg‘a qilgan. Bu haqda The Wall Street Journal Oq uy tomonidan eʼlon qilingan moliyaviy hujjatlarga tayanib xabar berdi.



Sovg‘a olganlar orasida Trampning ijrochi yordamchisi Natali Harp, kommunikatsiyalar bo‘yicha maslahatchisi Margo Martin hamda Oval ofis operatsiyalari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Chemberlen Xarris bor.



Hujjatlarda mazkur to‘lovlar «bayram sovg‘asi» sifatida ko‘rsatilgan. Uchalasi ham Trampning eng yaqin yordamchilari qatoriga kiradi. Ular Oval ofisga yaqin joyda ishlaydi, prezidentning safarlarida unga hamrohlik qiladi hamda uchrashuv va tadbirlarni tashkil etishda yordam beradi. Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, ularning har biri yiliga qariyb 150 ming dollar maosh oladi.



Oq uy vakillari prezidentning o‘ziga yaqin shaxslarga, jumladan, davlat xizmatida yoki avval xususiy sektorda ishlagan yordamchilariga Rojdestvo sovg‘alari berishi uzoq yillik amaliyot ekanini bildirgan. Ularning taʼkidlashicha, bunday sovg‘alar xodimlarning rasmiy davlat vazifalari bilan bog‘liq emas.



Biroq Minnesota universiteti huquq professori va sobiq prezident Jorj Bush davridagi Oq uyning axloq bo‘yicha maslahatchisi Richard Peynter mazkur to‘lovlar federal qonunchilikka zid bo‘lishi mumkinligini aytgan.



Uning fikricha, davlat xizmatchilariga tashqi manbalardan sovg‘a yoki bonus olishni cheklovchi qoidalar mavjud. Peynter Trampning yordamchilariga bergan pullari ham ushbu talablarga zid bo‘lishi mumkinligini taʼkidlagan.



Natali Harp 2019 yilda Fox News telekanalidagi chiqishidan so‘ng Trampning eʼtiboriga tushgan. 2025 yil yanvaridan buyon Harp prezidentning ijrochi yordamchisi sifatida faoliyat yuritmoqda.



The Wall Street Journal maʼlumotlariga ko‘ra, Harp Trampning Truth Social‘dagi akkauntini boshqarishda ham ishtirok etadi. U prezident postlarining bosma nusxalarini tasdiqlash uchun taqdim etadi va ayrim hollarda ularni kechki payt matbuot xizmati hamda apparat rahbari ofisini chetlab o‘tgan holda eʼlon qiladi.

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Namoyishchilar 2023-yil 7-oktyabr kungi HAMAS hujumi yuzasidan mustaqil tergov o‘tkazilishini va mas’ullarni javobgarlikka tortishni talab qildi.

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

AQSh Mudofaa vazirligi ushbu tuzilmalarni milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgan.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.