O'zbekiston

“Jonli konteyner”: 555 gramm oltin tanaga yashirildi

Hindistonga uchib ketmoqchi bo‘lgan 5 nafar fuqaroning ichki organlaridan jami 555 gramm quyma oltin va 200 gramm zargarlik buyumlari aniqlandi.

“Jonli konteyner”: 555 gramm oltin tanaga yashirildi



Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida Namangan aeroportida tezkor tadbir o‘tkazildi.



Tadbir davomida “Namangan – Dehli” yo‘nalishi bo‘yicha Hindistonga uchib ketmoqchi bo‘lgan Andijon va Farg‘ona viloyatlarida yashovchi 5 nafar fuqaro maxsus tekshiruvdan o‘tkazilgan.



Tekshiruv natijasida fuqarolar o‘zlarining ichki organlaridan foydalanib, jami 555 gramm quyma oltin bo‘laklari hamda 200 gramm zargarlik buyumlarini yashirin ravishda xorijga olib chiqishga uringanliklari aniqlangan.



Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, aniqlangan qimmatbaho metallarning umumiy taxminiy qiymati 1,1 mlrd so‘mni tashkil etadi.



Holat yuzasidan hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Ziyoratchilarni aldab pul olish: noqonuniy “Umra” safarini tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Ziyoratchilarni aldab pul olish: noqonuniy “Umra” safarini tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Samarqand va Gulistonda tegishli ruxsatnomasiz safarlarini tashkil etishga uringan shaxslarga chora ko‘rildi.

Toshkentda O’zbekiston-Rossiya media forumi boshlandi

Toshkentda O’zbekiston-Rossiya media forumi boshlandi

Unda ikki mamlakat o‘rtasidagi media hamkorlik, raqamli transformatsiya va axborot xavfsizligi masalalari muhokama qilinmoqda.

Rektorlarga ogohlantirish berdim, ammo hech birini ishdan olmadim — Erkinjon Turdimov

Rektorlarga ogohlantirish berdim, ammo hech birini ishdan olmadim — Erkinjon Turdimov

Ta’lim va fan vaziri 5 nafar rektorning ishdan olingani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

5 ming dollarlik ish va’dasi: Qoraqalpog‘istonda gumonlanuvchi ushlandi

5 ming dollarlik ish va’dasi: Qoraqalpog‘istonda gumonlanuvchi ushlandi

U fuqaroni hamshiralikka ishga joylashtirish evaziga pul talab qilgan.

Ish haqi berilmagan edi: Rossiyada 8 o‘zbekistonlikka 1,5 million rubldan ortiq mablag‘ undirildi

Ish haqi berilmagan edi: Rossiyada 8 o‘zbekistonlikka 1,5 million rubldan ortiq mablag‘ undirildi

Undiriladigan mablag‘ ish haqi qarzdorligi, kechiktirilgan to‘lovlar uchun kompensatsiya va ma’naviy zarar tovonlarini o‘z ichiga oladi.

Toshkent IES mazut yoqishni to‘xtatishi mumkin: yangi “Halqa” podstansiyasiga kuchlanish berildi

Toshkent IES mazut yoqishni to‘xtatishi mumkin: yangi “Halqa” podstansiyasiga kuchlanish berildi

Yangi podstansiyaning ishga tushirilishi natijasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatining bir qismidagi elektr yuklamalari qayta taqsimlanadi.

O‘zbekistonda yangi texnikum tashkil etiladi: qutqaruvchilar tayyorlanadi

O‘zbekistonda yangi texnikum tashkil etiladi: qutqaruvchilar tayyorlanadi

Muassasa 2027/2028-o‘quv yilidan faoliyat boshlaydi. Unda maktab bitiruvchilari davlat granti va kontrakt asosida tahsil olishi mumkin.

Prezident sog'liqni saqlash xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

Prezident sog'liqni saqlash xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladi.