Jahon

“Sizlar halol emassiz” — Tramp NBC jurnalisti bilan tortishdi

Tramp NBC telekanaliga bergan intervyusi davomida saylovlar masalasida jurnalist bilan bahslashib,  NBC, ABC, CBS va CNN telekanallarini “bir tomonlama va halol bo‘lmagan OAV” deb atadi va intervyuni to'xtatdi.

“Sizlar halol emassiz” — Tramp NBC jurnalisti bilan tortishdi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp NBC telekanaliga bergan intervyusi davomida boshlovchi bilan keskin bahsga kirishib, intervyuni to'xtatdi.

 

Intervyu chog‘ida Tramp AQShdagi saylovlar mavzusiga to‘xtalib, avval ham bir necha bor bildirgan fikrlarini takrorlagan. U saylov jarayonlarida qonunbuzarliklar bo‘lganini da’vo qilib, buni “adolatsiz va soxtalashtirilgan saylovlar” deb atagan.

 

Jurnalist prezidentdan ushbu da’volarni tasdiqlovchi dalillar mavjud yoki mavjud emasligini so‘ragan. Shundan so‘ng suhbat keskin tus olgan.

“Saylovlar soxtalashtirilganini siz ham bilasiz. Sizning telekompaniyangiz ham buni biladi”, degan Tramp.

 

AQSh prezidenti, shuningdek, mamlakatdagi saylov tizimini tanqid qilib, AQShni bu borada “uchinchi dunyo mamlakatlariga o‘xshatgan”. U NBC telekanali va uning mashhur “Meet the Press” dasturini, shuningdek, boshqa yirik Amerika telekanallari — ABC, CBS va CNN’ni ham biryoqlama yondashuvda ayblagan.

 

“Sizlar halol emassiz. ‘Meet the Press’ halol emas. Xuddi ABC, CBS va CNN kabi — ular bir tomonlama va halol bo‘lmagan telekanallardir”, deya ta'kidlagan Tramp.

 

Bahs davomida prezident intervyuni yakunlashni so‘ragan. Boshlovchi suhbatni davom ettirishga uringan va Trampdan yana bir necha savolga javob berishni iltimos qilgan. Biroq AQSh rahbari qarorini o‘zgartirmagan va intervyuni to‘xtatgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"