Jahon

Turkiyada ota 3 yoshli qizini derazadan uloqtirmoqchi bo‘ldi

Erkak turmush o‘rtog‘i bilan yuzaga kelgan oilaviy kelishmovchilikdan so‘ng qizini pichoq bilan garovga olgan.

Turkiyada ota 3 yoshli qizini derazadan uloqtirmoqchi bo‘ldi

 

Turkiyaning Anqara shahrida ota o‘zining 3 yoshli qizini garovga olib, uni derazadan uloqtirish bilan tahdid qildi. Hodisa 5-iyun kuni Etimesgut tumani Piyoda mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning birida sodir bo‘lgan. Bu haqda “Milliyet” nashri xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, erkak turmush o‘rtog‘i bilan yuzaga kelgan oilaviy kelishmovchilikdan so‘ng qizini pichoq bilan garovga olgan. Voqeaga guvoh bo‘lgan fuqarolar uy derazasida qo‘lida pichoq bilan bolani ushlab turgan erkakni ko‘rib, favqulodda xizmatlarga murojaat qilgan.

 

Shundan so‘ng voqea joyiga ko‘plab polisiya, tez tibbiy yordam va yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb etilgan. Huquq-tartibot organlari xodimlari erkakni bolani qo‘yib yuborishga ko‘ndirishga uringan, biroq muzokaralar samara bermagan.

 

Natijada maxsus operatsiya kuchlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida gumonlanuvchi zararsizlantirilgan. Uch yoshli qiz qutqarilib, tibbiy ko‘rik uchun shifokorlar nazoratiga topshirilgan. Erkak esa jarohatlangan holda shifoxonaga olib ketilgan.

 

Polisiya ma’lumotiga ko‘ra, operatsiya davomida xizmat itlaridan biri ham yaralangan. Hozirda uning davolanishi davom etmoqda.

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Biroq yangi hukumatni shakllantirishda arab partiyalari bilan hamkorlik masalasi muxolifat ichidagi asosiy kelishmovchilik bo‘lib qolmoqda.

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Tahdidlar sabab ayrim samolyotlar zaxira aeroportlariga qo‘nishga majbur bo‘ldi, boshqalari esa manziliga yetib borgach tekshirildi.

Yadroviy zarba xavfi: Eron aholiga favqulodda ko‘rsatmalarni e’lon qildi

Yadroviy zarba xavfi: Eron aholiga favqulodda ko‘rsatmalarni e’lon qildi

Eron davlat televideniyesi yadroviy zarba berilgan taqdirda aholining qanday harakat qilishi kerakligi haqida ko‘rsatmalarni namoyish etdi.

Eron baliqchi kemasini qaroqchilar egalladi: Hindiston dengiz floti ekipajni qutqardi

Eron baliqchi kemasini qaroqchilar egalladi: Hindiston dengiz floti ekipajni qutqardi

Qutqaruv ishlari 48 soat davom etgan.

Mayda bezorilikdan politsiya buyrug‘iga bo‘ysunmaslikkacha: Rossiyada deportatsiya choralari kengaytirildi

Mayda bezorilikdan politsiya buyrug‘iga bo‘ysunmaslikkacha: Rossiyada deportatsiya choralari kengaytirildi

Migratsiya qoidalarini buzganlik uchun jazolar kuchaytirildi.

AQShning Eronga zarbalari: Qeshm orolida portlashlar eshitildi

AQShning Eronga zarbalari: Qeshm orolida portlashlar eshitildi

Amerika rasmiylari hujumni mudofaa chorasi sifatida ta’riflagan.

AQSh, Rossiya va Ukraina muzokaraga tayyorlanmoqda: Uitkoff kun tartibini ochiqladi

AQSh, Rossiya va Ukraina muzokaraga tayyorlanmoqda: Uitkoff kun tartibini ochiqladi

Muzokaralar 10-11-noyabr kunlari Abu-Dabida o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Qozog‘istonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi: 10 kishi ushlandi

Qozog‘istonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi: 10 kishi ushlandi

Qo‘lga olinganlar ekstremistik guruh tuzish, terrorizmni targ‘ib qilish va diniy adovat qo‘zg‘atishda gumon qilinmoqda.