Sport

O‘zbekiston Niderlandiyaga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi

Nyu-Yorkda bo'lib o'tgan o‘rtoqlik uchrashuvida Niderlandiya Kodi Gakponing dubli evaziga g'alaba qozondi.

O‘zbekiston Niderlandiyaga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida Niderlandiyaga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

 

AQShning New York City shahridagi “Icahn” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsning birinchi bo‘limi niderlandiyalik futbolchilarning ustunligi ostida kechgan. Uchrashuvning 31-daqiqasida o‘zbekistonlik himoyachi Jahongir O‘rozov jarima maydoni ichida qoida buzgan va hakam penalti belgilagan. 32-daqiqada Kodi Gakpo ushbu imkoniyatdan unumli foydalanib, hisobni ochgan.

 

Ikkinchi bo‘limda O‘zbekiston terma jamoasi o‘yin tashabbusini qo‘lga olishga harakat qilgan. Bahsning 86-daqiqasida Niderlandiya futbolchilaridan biri qo‘l bilan o‘ynagani uchun maydondan chetlatilgan. Shundan so‘ng o‘zbekistonlik futbolchilar son jihatdan ustunlikka ega bo‘lgan.

 

Uchrashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda O‘zbekiston bosimni kuchaytirgan va 90+1-daqiqada Igor Sergeyev raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni tenglashtirgan.

 

Biroq bahsning so‘nggi soniyalarida yana penalti belgilangan. 90+7-daqiqada Kodi Gakpo ikkinchi bor aniq zarba yo‘llab, dubl muallifiga aylangan va jamoasiga g‘alaba keltirgan.

 

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati oldidan o‘tkazilgan navbatdagi nazorat uchrashuvini mag‘lubiyat bilan yakunladi.

 

Avvalroq “oq bo‘rilar” Kanada terma jamoasiga ham 2:0 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston Niderlandiyaga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi | Zamon.uz