O'zbekiston

O‘zbekiston TIV xorijdagi fuqarolar uchun konsullik xizmatlari mobil ilovasini ishga tushirdi

Xorijdagi elchixona va konsulliklar haqidagi barcha ma’lumotlar yagona mobil ilovada jamlandi.

O‘zbekiston TIV xorijdagi fuqarolar uchun konsullik xizmatlari mobil ilovasini ishga tushirdi

 

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xorijda istiqomat qilayotgan hamda chet elga safar qilishni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun yangi konsullik xizmatlari mobil ilovasini ishga tushirdi.

 

Mazkur ilova konsullik masalalarini masofadan turib hal etish, zarur ma’lumotlarni tezkor olish va davlat xizmatlaridan qulay foydalanish imkonini yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.

 

Ilova orqali foydalanuvchilar O‘zbekistonning xorijdagi barcha diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining manzili, geolokatsiyasi hamda aloqa ma’lumotlarini bir joyda topishlari mumkin. Shuningdek, maxsus “Konsullik okruglari” funksiyasi yordamida qaysi davlat yoki hudud uchun mas’ul diplomatik vakolatxona xizmat ko‘rsatishini aniqlash imkoniyati yaratilgan.

 

Yangi platforma orqali fuqarolar ayrim konsullik xizmatlariga masofadan murojaat qilishlari mumkin. Jumladan, Vatanga qaytish sertifikatini rasmiylashtirish, vaqtinchalik va doimiy konsullik hisobiga turish bo‘yicha arizalarni elektron shaklda yuborish imkoniyati mavjud. Vazirlik kelgusida xizmatlar ro‘yxatini bosqichma-bosqich kengaytirishni rejalashtirmoqda.

 

Shuningdek, ilovada ariza va anketalarni to‘ldirish jarayonini yengillashtiruvchi avtomatik ma’lumot kiritish tizimi joriy etilgan bo‘lib, u majburiy maydonlarning qariyb 80 foizini avtomatik to‘ldirish imkonini beradi.

 

Bundan tashqari, ilovaga xorijiy davlatlarga kirish uchun viza talablari bo‘yicha ma’lumot beruvchi maxsus axborot bo‘limi ham qo‘shilgan. Hozirda ushbu xizmat sinov rejimida ishlamoqda va ma’lumotlar bazasi muntazam ravishda yangilanib boriladi.

 

TIV ma’lumotiga ko‘ra, mobil ilova barcha foydalanuvchilar uchun bepul taqdim etiladi.

Afg‘onistonda yer silkinishi: zilzila O‘zbekiston hududlarida sezildi

Afg‘onistonda yer silkinishi: zilzila O‘zbekiston hududlarida sezildi

Afg‘onistonning Badaxshon hududida 5,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Toshkentda suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Toshkentda suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi

Bunga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida suv tarmoqlarida olib boriladigan rejali ta’mirlash ishlari sabab bo‘ladi.

O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish: qaysi hududda qancha xizmat ko‘rsatildi?

O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish: qaysi hududda qancha xizmat ko‘rsatildi?

2026-yilning dastlabki sakkiz oyida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,4 foizga o‘sdi.

Prezident V yozgi Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Prezident V yozgi Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev sportchilarning ota-onalari va murabbiylariga ham minnatdorlik bildirdi.

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Xorijiy va nodavlat OTMlarga maqsadli qabul uchun ajratilgan jami 1652 ta kvota doirasidagi test sinovlari 28-oktyabr kuni o‘tkaziladi.

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

Bu delegatsiya tarixidagi eng yaxshi natija bo‘ldi.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.