Jahon

Qozog‘istonda mansabdor shaxs soxta “tozalash” surati sabab ishdan bo'shatildi

Amaldor sun’iy intellekt yordamida tahrirlangan suratlarni haqiqiy obodonlashtirish ishlari natijasi sifatida taqdim etgan.

Qozog‘istonda mansabdor shaxs soxta “tozalash” surati sabab ishdan bo'shatildi

 

Qozog‘istonning Olmaota shahrida sun’iy intellekt yordamida tahrirlangan suratlarni haqiqiy obodonlashtirish ishlari natijasi sifatida taqdim etgan mansabdor shaxs ishdan bo‘shatildi. Bu haqda NUR.KZ nashri xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, may oyida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri Bostandiq tumanidagi hududda uzoq vaqt davomida yig‘ilib qolgan chiqindilar aks etgan suratlarni e’lon qilgan. Shundan so‘ng tuman hokimligi murojaatga javoban hudud tozalangani haqida fotosuratlarni taqdim etgan.

 

Biroq ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ushbu suratlar sun’iy intellekt yordamida tahrirlanganini payqagan. Platforma ham rasmlarni “AI-generated” (sun’iy intellekt yordamida yaratilgan) deb belgilagan.

 

Shundan so‘ng Bostandiq tumani hokimligi tomonidan holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilgan. Hokimlik matbuot xizmatiga ko‘ra, mas’ul davlat xizmatchisi suratlarni tayyorlashda sun’iy intellektdan foydalanganini tan olgan.

 

Natijada mazkur xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, uning davlat organidagi faoliyatiga yakun yasalgan. Hokimlik vakillari xodim aybini tan olgani sababli qo‘shimcha xizmat tekshiruvini o‘tkazishga ehtiyoj qolmaganini ma’lum qilgan.

 

Mahalliy hokimiyat ushbu masala yopilganini va qo‘shimcha rasmiy tartib-taomillar talab etilmasligini bildirgan.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

custom img

“Yangi nishonlar va yangi qurollar”: Eron AQShga javob zarbasi bilan tahdid qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili AQSh yangi hujum boshlasa, avval nishonga olinmagan obyektlarga yangi qurollar bilan zarba berilishini ma’lum qildi.

custom img

O‘rmon yong‘inlari xavfi: Fransiyaning uchta departamentida qizil daraja e’lon qilindi

Havoning quruqligi va sekundiga 15 metrgacha bo‘lgan shamol yong‘inlar tarqalishi xavfini oshirmoqda.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

AQSH elchixonalarining ogohlantirishi Yamandagi husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayishi ehtimoli fonida berildi.

custom img

99,85 foiz ovoz: Ramzan Qodirov Checheniston rahbari etib qayta saylandi

Checheniston rahbarligi uchun qolgan 2 nomzod 0,05 foizdan ovoz olgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"