O'zbekiston

Farg‘onada 7-sinf o‘quvchisi otasining mashinasida YTH sodir etdi

Bola avtomobilni uyda qarovsiz qoldirilgan holatda ruxsatsiz olib chiqqan.

Farg‘onada 7-sinf o‘quvchisi otasining mashinasida YTH sodir etdi

 

Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida 7-sinf o‘quvchisi tomonidan avtomobil boshqarilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etildi.

 

Yo'l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yil 23-may kuni soat 15:00 larda “Teplik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida voyaga yetmagan, 7-sinf o‘quvchisi otasiga tegishli bo‘lgan “Kia Sorento” rusumli avtomobilni uyda qarovsiz qoldirilgan holatda ruxsatsiz olib chiqqan.

 

O‘quvchi mahalla hududida transport vositasini tezlikda boshqarish chog‘ida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l-transport hodisasiga sabab bo‘lgan. Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan, faqat avtomobilga texnik shikast yetgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani Ichki ishlar bo‘limi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"