O'zbekiston

O‘zbekistonda 10 dan ortiq narkojinoyatlar bo‘yicha jazo choralari og‘irlashtiriladi

Narkolaboratoriya tashkil etish, narkotiklarning noqonuniy muomalasiga rahnamolik qilish, bangixona tashkil qilish uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda.

O‘zbekistonda 10 dan ortiq narkojinoyatlar bo‘yicha jazo choralari og‘irlashtiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlikdan himoya qilish, shuningdek, yo‘l harakati ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

 

Ma’lum qilinishicha, taqdimotda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari hamda kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonun mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berildi. Mazkur qonun parlament tomonidan qabul qilingan.

 

Qonun bilan Jinoyat kodeksiga “Aholi salomatligi va genofondiga qarshi jinoyatlar” nomli yangi bob kiritilmoqda. Bu orqali aholi, ayniqsa yoshlar salomatligiga tahdid solayotgan xavfli qilmishlar uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish ko‘zda tutilgan.

 

Shuningdek, narkojinoyatlarning zamonaviy usul va shakllari inobatga olinib, g‘ayriqonuniy narkolaboratoriyalar tashkil etish, narkotiklarning noqonuniy muomalasiga rahnamolik qilish hamda bangixonalar tashkil etish kabi qilmishlar uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda. Bundan tashqari, 10 dan ortiq xavfli qilmish bo‘yicha jazo choralari og‘irlashtiriladi.

 

Davlat rahbari ushbu qonun narkojinoyatchilikka qarshi kurashni yangi bosqichga olib chiqishi, aholi salomatligi va millat genofondini himoya qilishda muhim huquqiy asos bo‘lishini ta’kidlab, uni imzoladi.

 

Taqdimot davomida idoralararo ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan “Narkotiklar va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar to‘g‘risida”gi qonun loyihasi yuzasidan ham axborot berildi.

 

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda narkovaziyat jiddiy o‘zgarib, an’anaviy giyohvandlik vositalarining o‘rnini sintetik narkotiklar egallamoqda. Ularni tarqatish usullari ham o‘zgarib, asosan internet orqali kontaktsiz shaklda amalga oshirilmoqda. 

 

Shuningdek, mamlakat ichkarisida yashirin laboratoriyalarning paydo bo‘layotgani ushbu sohada huquqiy va tashkiliy mexanizmlarni tubdan qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.

 

Yangi qonun loyihasida davlat siyosatining 7 ta asosiy yo‘nalishi belgilangan. Ular orasida aholi, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlar orasida “giyohvandlikka qarshi immunitet”ni shakllantirish, internet orqali sodir etilayotgan narkojinoyatlarga barham berish, giyohvandlikning barvaqt profilaktikasi, diagnostikasi, davolash hamda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya tizimini takomillashtirish kabi choralar mavjud.

 

Shuningdek, loyihada narkotiklar aylanmasi, giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashishda bevosita ishtirok etuvchi 14 ta davlat organining vazifa va vakolatlari aniq belgilanishi nazarda tutilmoqda. Qonuniy muomaladagi moddalar ustidan davlat nazorati kuchaytirilib, ularni olib kirishdan tortib realizatsiya qilishgacha bo‘lgan jarayonlar uzluksiz elektron nazoratga olinadi.

 

Prekursorlar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar muomalasini qat’iy tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqildi. Bu borada elektron nazorat tizimini joriy etish hamda noqonuniy holatlarga qarshi idoralararo hamkorlikni kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Afg‘onistonda yer silkinishi: zilzila O‘zbekiston hududlarida sezildi

Afg‘onistonda yer silkinishi: zilzila O‘zbekiston hududlarida sezildi

Afg‘onistonning Badaxshon hududida 5,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Toshkentda suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Toshkentda suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi

Bunga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida suv tarmoqlarida olib boriladigan rejali ta’mirlash ishlari sabab bo‘ladi.

O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish: qaysi hududda qancha xizmat ko‘rsatildi?

O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish: qaysi hududda qancha xizmat ko‘rsatildi?

2026-yilning dastlabki sakkiz oyida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,4 foizga o‘sdi.

Prezident V yozgi Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Prezident V yozgi Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev sportchilarning ota-onalari va murabbiylariga ham minnatdorlik bildirdi.

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Xorijiy va nodavlat OTMlarga maqsadli qabul uchun ajratilgan jami 1652 ta kvota doirasidagi test sinovlari 28-oktyabr kuni o‘tkaziladi.

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

Bu delegatsiya tarixidagi eng yaxshi natija bo‘ldi.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.