O'zbekiston

22 ming dollar evaziga AQSHga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Shuningdek, Janubiy Koreyaga ishchi viza olib berishni va’da qilib, 6 ming dollar talab qilgan ayol qo'lga olindi.

22 ming dollar evaziga AQSHga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

 

Noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida xorijga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi. Bu haqda DXX Zamon.uz'ga xabar berdi.

 

Aniqlanishicha, Toshkent viloyatining Chinoz tumanida yashovchi, 1969-yilda tug‘ilgan va muqaddam bir necha marotaba sudlangan shaxs poytaxtda istiqomat qiluvchi fuqaroning ishonchiga kirib, uni mansabdor tanishlari orqali AQSHga ishchi viza asosida yuborishni va’da qilgan. Buning evaziga 22 ming AQSH dollari talab qilgan shaxs oldindan 5 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 

Shuningdek, Andijon viloyatining Izboskan tumanida yashovchi 1993-yilda tug‘ilgan fuqaro Asaka tumanida istiqomat qiluvchi yigitga Janubiy Koreyaga ishchi viza rasmiylashtirib berish va ishga yuborishni va’da qilib, 6 ming AQSH dollari talab qilgan. U oldindan 3 ming AQSH dollarini olgan vaqtida tezkor tadbir davomida ushlangan.

 

Tergovga qadar tekshiruv jarayonida mazkur shaxs avval ham boshqa bir fuqaroni Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, undan pul olgani aniqlangan.

 

Hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"