Sport

AQSh Paragvayni 4:1 hisobida mag‘lub etdi

AQSh terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatini yirik g‘alaba bilan boshladi.

AQSh Paragvayni 4:1 hisobida mag‘lub etdi

 

2026-yilgi FIFA Jahon chempionatida AQSh terma jamoasi guruh bosqichidagi ilk uchrashuvini ishonchli g‘alaba bilan boshladi. Mezbonlar Paragvay terma jamoasini Los-Anjeles chekkasida joylashgan “SoFi” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda 4:1 hisobida mag‘lub etdi.

 

                                     

 

Uchrashuv 70 mingdan ortiq tomoshabinga mo‘ljallangan, qurilishiga 5,5 milliard dollar sarflangan dunyodagi eng qimmat stadionlardan biri hisoblangan arenada bo‘lib o‘tgan. O‘yin davomida AQSh terma jamoasi to‘liq ustunlikni qo‘lga olib, ilk bo‘limdayoq hisobda oldinga chiqib olgan.

 

Amerika terma jamoasi safida Folarin Balogun ikkita gol urib, jamoasining g‘alabasiga katta hissa qo‘shgan. Krishian Pulisich esa hujumlarni tashkil etishda faol ishtirok etib, raqib himoyasini qiyin ahvolga solib qo‘ygan.

 

                                       

 

Paragvay tarkibida esa himoyadagi xatolar va jamoaviy muvozanatning buzilishi mag‘lubiyatga sabab bo‘lgan. Uchrashuv davomida amerikaliklar bir necha bor hisobni yiriklashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishgqan va yakunda 4:1 hisobini qayd etishgan.

 

O‘yinda ochilish marosimi ham katta shou tarzida o‘tkazilgan. Tadbirda musiqa ijrochilari chiqish qilgan, shuningdek, mashhur shou-biznes vakillari va mehmonlar ishtirok etgan.

 

                                     

 

Mezbonlar ushbu g‘alaba bilan guruhda peshqadamlikni qo‘lga kiritgan.

custom img

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"