Jinoyat

Qashqadaryoda soxta prokuror ushlandi

U zaxiradagi kichik serjant bo‘lib, fuqaroni ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan.

Qashqadaryoda soxta prokuror ushlandi

Qashqadaryo viloyatida fuqaroni ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura, Departamentning Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi hamda Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda zaxiradagi kichik serjant U.K. fuqaro A.O.ga o‘zini go‘yoki Qashqadaryo viloyati prokuraturasi xodimi sifatida tanishtirgan.

 

U fuqaroning ukasi L.O.ni Mudofaa vazirligi tizimiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, buning evaziga 3 ming AQSH dollari talab qilgan. Gumonlanuvchi kelishilgan pul mablag‘ining 1,5 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28, 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Misrda qo‘lga olingan "Jora Tashkentskiy" O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Jinoyat olamida "Jora Tashkentskiy" nomi bilan tanilgan Georgiy Sorokin tovlamachilik va boshqa og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

custom img

Tailanddan O‘zbekiston va qo‘shni davlatlarga narkotik olib o‘tgan transmilliy jinoiy tarmoq fosh etildi

Tezkor tadbirlar davomida jami 34,58 kilogramm narkotik modda musodara qilinib, ularni qabul qilib olishi va qayta ishlashi kerak bo‘lgan shaxs ham qo‘lga olindi.

custom img

Kogonda Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik aniqlandi

Gumonlanuvchi yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqaroni ishga yubormoqchi bo‘lgan.

custom img

Xorazmda Rossiyadan shokolad ko‘rinishida yuborilgan giyohvand modda aniqlandi

Toshkentda ham kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan gashishni olayotgan shaxs ushlandi.

custom img

Soxta my.gov.uz sayti orqali 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirgan jinoiy guruh ushlandi

Ular saytni soxtalashtirib,  Instagram orqali “Kompensatsiya rasmiylashtirish markazi” nomi ostida yolg‘on reklama tarqatgan.

custom img

Telegram’da narkoshop ochgan sobiq futbolchi ushlandi

U avval ham shu turdagi jinoyat uchun sudlangan bo‘lishiga qaramay, noqonuniy faoliyatini qayta yo‘lga qo‘ygan.

custom img

Toshkent aeroportida ikki ayol odam savdosi qurboni bo‘lishdan saqlab qolindi

Ular Turkiyada yuqori daromadli ish topish va’dasiga aldanib, Istanbulga yo‘l olgandi.

custom img

Qarshida sobiq MFY raisi fuqarolar nomiga qariyb 200 mln so‘mlik kredit rasmiylashtirgani aniqlandi

Sobiq rais va uning o‘g‘li olti nafar fuqaroning pasport ma’lumotlaridan foydalanib, ularning imzolarini soxtalashtirgan va onlayn savdo do‘konlaridan kredit evaziga maishiy texnika olgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"