Jahon

Qozog‘istonda O‘zbekiston bilan chegaradagi bojxona postlarida tirbandliklar yuzaga kelishi mumkin

13-iyun soat 21:00 dan 14-iyun soat 08:00 gacha Qozog‘iston axborot tizimlarida uzilishlar kuzatiladi.

Qozog‘istonda O‘zbekiston bilan chegaradagi bojxona postlarida tirbandliklar yuzaga kelishi mumkin

 

Qozog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat daromadlari qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil 13-iyun soat 21:00 dan 14-iyun soat 08:00 ga qadar rejali texnik ishlar amalga oshiriladi.

 

Mazkur davrda ayrim axborot tizimlari faoliyatida vaqti-vaqti bilan uzilishlar kuzatilishi mumkin.

 

Bojxona qo‘mitasi raisining matbuot kotibi Husan Tangriyevning ma’lum qilishicha, ushbu holat O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida joylashgan bojxona postlarida transport vositalari harakatining sekinlashishiga hamda tirbandliklar yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin.

 

Shu munosabat bilan eksport, import va tranzit yuk tashuvlarini amalga oshirayotgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilaridan yuk tashish jarayonlarini mazkur holatni inobatga olgan holda oldindan rejalashtirish so‘ralmoqda.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"