Siyosat

O‘zbekiston AQShning yirik moliyaviy institutlari bilan hamkorlikni kengaytiradi

Shavkat Mirziyoyev AQSh Eksimbanki va DFC rahbarlari bilan uchrashuv o'tkazdi.

O‘zbekiston AQShning yirik moliyaviy institutlari bilan hamkorlikni kengaytiradi

 

Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Shavkat Mirziyoyev AQSh Eksimbanki prezidenti va raisi Jon Yovanovich hamda Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Ben Blek bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Uchrashuv avvalida AQSh tomonining yuqori martabali vakillari davlat rahbariga Donald Trampning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

 

Muzokaralarda O‘zbekistonda infratuzilmani rivojlantirish, energetika, muhim minerallarni o‘zlashtirish, sun’iy intellektni joriy etish hamda raqamlashtirish kabi strategik yo‘nalishlardagi yirik loyihalarni moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi.

 

AQSh Eksimbanki bilan hamkorlik doirasida energetika tarmog‘ini modernizatsiya qilish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni jadallashtirish, shuningdek, mahalliy tadbirkorlar uchun eksport kreditlarini kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

 

“DFC” korporatsiyasi bilan sog‘liqni saqlash, energetika va infratuzilma sohalarida investitsiya platformasini yo‘lga qo‘yish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi.

 

Shuningdek, Toshkentda yangi xalqaro aeroport qurilishi, Farg‘onada zamonaviy tibbiyot majmuasi barpo etilishi, raqamli bank va data-markazlar tashkil etilishi kabi yirik loyihalarni amaliy bosqichga olib chiqish zarurligi ta’kidlandi.

 

Uchrashuv yakunida muhokama qilingan investitsiyaviy va texnologik loyihalar bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va qabul qilishga kelishib olindi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.