Turkiya barqaror turizm bo‘yicha xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi
Turkiya ekologik va madaniy barqarorlik sohasidagi sa’y-harakatlari natijasida Wanderlust jurnalining “The Travel Green List 2026” ro‘yxatidan ikki yo‘nalish bo‘yicha o‘rin oldi.

Bugungi kunda sayyohlar faqat yangi manzillarni ko‘rish bilan cheklanib qolmay, balki mazmunli taassurotlar va mas’uliyatli sayohat tamoyillariga ham ko‘proq e’tibor qaratmoqda.
Book.comning 2026 yilgi “Sayohat va barqarorlik” hisobotiga ko‘ra, so‘rovnomada qatnashgan sayyohlarning 85 foizi barqaror turizm ular uchun muhim yoki juda muhim ekanini ta’kidlagan.

Turkiya har qanday sayyoh uchun betakror tajribalarga boy yetakchi yo‘nalishlardan biri sifatida ajralib turadi. Musaffo sohillar, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, boy madaniy meros hamda mahalliy hamjamiyatlarga tayangan turizm tashabbuslari sayyohlarga turistik maskanlarni yanada chuqurroq o‘rganish imkonini beradi.
Mas’uliyatli sayohatga bo‘lgan talab ortib borayotgan bir pallada Turkiya ham ushbu yo‘nalishda izchil va puxta shakllangan siyosatni amalga oshirmoqda. “Turkiyaning ekologik va madaniy barqarorlik dasturi” doirasida Global barqaror turizm kengashi (GCTG) tomonidan sertifikatlangan mehmonxonalar xalqaro barqarorlik standartlari asosida faoliyat yuritadi. Manzarali temir yo‘l yo‘nalishlari va yelkanli sayohatlar kabi ekologik ta’siri kam bo‘lgan transport turlari esa atrof-muhitga ehtiyotkor munosabatni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Turkiyaning bu boradagi sa’y-harakatlari xalqaro miqyosda ham e’tirof etilmoqda. Mamlakat Wanderlust jurnalining “The Travel Green List 2026” ro‘yxatidan ikki yo‘nalish bo‘yicha o‘rin oldi. Xususan, dunyoda ilk bor mamlakat miqyosida joriy etilgan “Turkiyaning ekologik va madaniy barqarorlik dasturi” hamda yashil turizm maskani sifatida tan olingan Birgi ushbu nufuzli ro‘yxatdan joy oldi.
Turkiyani ikki g‘ildirak ustida kashf eting