Sport

Urugvay terma jamoasi AQShda itlar yordamida tekshiruvdan o‘tkazildi

Jahon chempionati ishtirokchilariga nisbatan kuchaytirilgan nazorat davom etmoqda

Urugvay terma jamoasi AQShda itlar yordamida tekshiruvdan o‘tkazildi

 

2026-yilgi FIFA Jahon chempionati doirasida AQShga yetib kelgan Urugvay terma jamoasi kuchaytirilgan xavfsizlik choralariga muvofiq tekshiruvdan o‘tkazildi.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda futbolchilar va jamoa a’zolarining yuklari hamda jihozlari xizmat itlari yordamida ko‘zdan kechirilgani aks etgan. Xabarlarga ko‘ra, mazkur tekshiruv Saudiya Arabistoniga qarshi uchrashuv oldidan amalga oshirilgan.

 

Ma’lum qilinishicha, AQSh, Kanada va Meksikada o‘tkazilayotgan Jahon chempionati davomida xavfsizlik choralari sezilarli darajada kuchaytirilgan. Turnir ishtirokchilari, rasmiylar va muxlislar stadionlar hamda boshqa rasmiy obyektlarga kirishda bir necha bosqichli nazoratdan o‘tmoqda.

 

Urugvay terma jamoasi bilan bog‘liq tekshiruv ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ayrim muxlislar va ekspertlar bunday nazorat choralarini ortiqcha deb baholab, FIFA hamda AQSh rasmiylarini tanqid qilgan.

 

Ma'lumot uchun, Urugvay terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvida Saudiya Arabistoni bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan edi.

 

Eslatib o'tamiz, avvalroq AQSHga borgan O'zbekiston terma jamoasi ham kuchaytirilgan tartibda tekshiruvdan o'tkazilgani xabar qilingan edi.

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

custom img

Isroil boykot qilindi: Pokiston Isroilga qarshi doskaga chiqmadi

Samarqandda o‘tayotgan 46-FIDE Jahon shaxmat Olimpiadasining birinchi turida Pokiston shaxmat federatsiyasi shaxmatchilarini Isroilga qarshi o‘ynatmadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"