Sport

Bir kunda 281 ming muxlis: JCh-2026 rekord darajadagi tashrifni qayd etdi

Shimoliy Amerikada o‘tkazilgan guruh bosqichi o‘yinlarini bir kunning o‘zida 281 ming muxlis stadionlardan kuzatgan.

Bir kunda 281 ming muxlis: JCh-2026 rekord darajadagi tashrifni qayd etdi

Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) 16-iyun kuni 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatida tarixiy tashrif rekordi qayd etilganini ma’lum qildi.

 

Tashkilotning ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Amerikada o‘tkazilgan guruh bosqichi o‘yinlarini bir kunning o‘zida 281 ming nafar tomoshabin stadionlardan turib kuzatgan. Bu Jahon chempionatlari tarixidagi eng yuqori bir kunlik tashrif ko‘rsatkichi sifatida qayd etilgan.

 

Rekord turnirning oltinchi kuni o‘tkazilgan uchrashuvlar vaqtida o‘rnatilgan. Jumladan, Kanzas-Sitida Argentina Jazoirni 3:0 hisobida mag‘lub etgan, Foksboroda Norvegiya Iroq ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozongan, Sharqiy Rezerfordda Fransiya Senegalni 3:1 hisobida taslim etgan, yana bir uchrashuvda Avstriya Iordaniyani 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan.

 

FIFA rekord darajadagi tomoshabinlar sonini futbolning dunyo xalqlarini birlashtiruvchi kuchi bilan izohlab, muxlislarga stadionlardagi muhit va qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorlik bildirgan.

 

Shuningdek, tashkilot 11–15-iyun kunlari orasida o‘tkazilgan dastlabki besh kun davomida o‘yinlarga jami 1 milliondan ortiq muxlis tashrif buyurganini ma’lum qilgan edi. Shu bois, 1994-yilda AQSh mezbonlik qilgan mundialda o‘rnatilgan 3,59 million tomoshabinlik rekord yangilanishi mumkinligi qayd etilmoqda.

 

Ma’lumot uchun, 2026-yilgi Jahon chempionati tarixda ilk bor uch davlat — AQSh, Kanada va Meksika mezbonligida, 48 ta milliy terma jamoa ishtirokida o‘tkazilmoqda. Turnir 19-iyul kuni yakunlanadi.

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

46 yoshli futbolchi Italiyaning “Ravenna” klubi safida “Forli”ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.