Jahon

Zelenskiy Tramp va Makron bilan uchrashdi, Ukraina tinchlik muzokaralarini jonlantirishga urinmoqda

Uchrashuvdan so‘ng Zelenskiy G7 davlatlari Ukraina havo mudofaasi salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha kelishuvga erishganini bildirdi.

Zelenskiy Tramp va Makron bilan uchrashdi, Ukraina tinchlik muzokaralarini jonlantirishga urinmoqda

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy G7 sammiti doirasida AQSH prezidenti Donald Tramp va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashdi. Bu Zelenskiy va Trampning so‘nggi to‘rt oy ichidagi ilk muloqoti bo‘ldi, deya yozmoqda The Kyiv Independent.

 

Manbalarga ko‘ra, qariyb 30 daqiqa davom etgan uchrashuvda Ukrainadagi urush, tinchlik muzokaralari istiqbollari hamda Kiyevning havo hujumidan mudofaa imkoniyatlarini kuchaytirish masalalari muhokama qilingan.

 

Zelenskiy Trampga Rossiya hujumlari oqibatida zarar ko‘rgan Kiyev-Pechersk Lavrasi suratlarini ko‘rsatgan. Shuningdek, Ukraina prezidenti AQSH bilan ballistik raketalarga qarshi mudofaa tizimlari va raketalarni ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik masalasini ham ko‘targanini ma’lum qildi.

 

Uchrashuvdan so‘ng Zelenskiy G7 davlatlari Ukraina havo mudofaasi salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha kelishuvga erishganini bildirdi. Tramp esa Rossiya urushni tugatish uchun kelishuvga erishishi kerakligini ta’kidladi.

 

Mazkur muloqot Ukraina Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni yo‘lga qo‘yishga urinayotgan bir paytda bo‘lib o‘tdi. Zelenskiy avvalroq Tramp ko‘magida o‘zi va Putin ishtirokidagi uch tomonlama uchrashuv tashkil etilishiga umid bildirgan edi.

 

Biroq Kreml hozircha Zelenskiy bilan neytral hududda uchrashish takliflarini qo‘llab-quvvatlamayapti. Putin esa yaqinda Ukraina prezidenti bilan uchrashishdan ma’no ko‘rmasligini ma’lum qilgandi.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"