Jahon

AQSh BMT gumanitar dasturlariga 1 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratdi

Mablag‘larning asosiy qismi Jahon oziq-ovqat dasturiga, qolgtan qismi esa Bolalar jamg‘armasi hisobiga o‘tkaziladi.

AQSh BMT gumanitar dasturlariga 1 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratdi

 

AQSh hukumati Birlashgan Millatlar Tashkilotining gumanitar dasturlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratdi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti ma’lum qildi.

 

Ajratilgan mablag‘lar 40 dan ortiq mamlakatda urushlar, gumanitar inqirozlar va tabiiy ofatlardan jabr ko‘rgan aholiga yordam ko‘rsatish uchun yo‘naltiriladi. Mablag‘larning asosiy qismi — 800 million dollardan ortig‘i BMTning Jahon oziq-ovqat dasturiga (WFP), qariyb 218 million dollari esa Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) hisobiga o‘tkaziladi.

 

Ta’kidlanishicha, yordam oluvchi davlatlar qatoridan Ukraina, Efiopiya va Myanma ham o‘rin olgan. Ajratilgan mablag‘lar oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, sog‘liqni saqlash xizmatlarini qo‘llab-quvvatlash, bolalarni himoya qilish, logistika va boshqa gumanitar ehtiyojlarni qoplashga sarflanadi.

 

AQSh Davlat departamenti UNICEF va Jahon oziq-ovqat dasturi o‘z vakolatlari doirasida ushbu mablag‘lardan eng zarur yo‘nalishlarda foydalanishini bildirgan.

 

Qayd etilishicha, may oyida Vashington BMTning gumanitar tashabbuslarini moliyalashtirish uchun 1,8 milliard dollar ajratishini ma’lum qilgan, o‘tgan yil dekabrida esa yana 2 milliard dollarlik yordam e’lon qilingan edi.

 

Shu bilan birga, AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati xalqaro gumanitar dasturlar xarajatlarini qisqartirish siyosatini davom ettirmoqda. Tramp Oq uyga qaytganidan so‘ng qator xalqaro dasturlarni moliyalashtirishni to‘xtatgan va AQShning ayrim BMT tuzilmalari hamda xalqaro kelishuvlardagi ishtirokini qayta ko‘rib chiqish tashabbusini ilgari surgan.

 

Shunga qaramay, Qo‘shma Shtatlar BMTning eng yirik donorlaridan biri bo‘lib qolmoqda va global gumanitar inqirozlarga qarshi kurashda muhim moliyaviy ko‘mak ko‘rsatishda davom etmoqda.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.