Sport

Futbolchilarimdan gʻururlanaman — Fabio Kannavaro

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Kolumbiyaga qarshi bo'lgan bahsni tarixiy o‘yin deb atadi.

Futbolchilarimdan gʻururlanaman — Fabio Kannavaro

 

Kolumbiyaga qarshi uchrashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro bahs haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

 

Italiyalik mutaxassis uchrashuv qiziqarli kechganini ta’kidlab, jamoa ikkinchi bo‘limda o‘yin sur’atini o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lganini qayd etgan.

 

"O‘yin qiziqarli o‘tdi. Ikkinchi bo‘limda o‘yinni o‘zgartirishga erishdik. Ayniqsa, chap qanot orqali bir nechta imkoniyatlar yaratdik va o‘yin nazoratini o‘z qo‘limizga olishga harakat qildik", — degan Kannavaro.

 

"Biz avvalo O‘zbekistonni butun dunyoga ijobiy tomondan ko‘rsatish uchun bu yerga keldik. Futbolchilarimga doim o‘yin davomida faol harakat qilish kerakligini aytaman. Kolumbiya kabi kuchli jamoalarga qarshi, ayniqsa to‘psiz harakat qilish oson emas", — deya ta’kidlagan u.

 

Fabio Kannavaro ikkinchi bo‘limdagi o‘yinidan qoniqqanini, biroq o‘tkazib yuborilgan gol jamoa uchun achinarli bo‘lganini qayd etdi.

 

"Biz ushbu stadiondagi bahsni uzoq vaqt eslab qolamiz. Chunki bu tarixiy o‘yin. O‘zbekiston Jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Umuman olganda, bugungi o‘yin biz uchun foydali tajriba bo‘ldi. Ayrim xatolar kuzatildi va biz ular ustida ishlaymiz", — degan bosh murabbiy.

 

Mutaxassis futbolchilarning harakatidan mamnunligini bildirib: "Futbolchilarimdan faxrlanaman. Ular yaxshi o‘yin namoyish etishdi. Bugun qiyin bahs bo‘ldi. Bunday stadion va minglab muxlislar qarshisida o‘ynash oson emas. Biroq aynan shunday muhit futbolchilarga qo‘shimcha motivatsiya ham beradi", — deya ta'kidladi Fabio Kannavaro.

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

custom img

Isroil boykot qilindi: Pokiston Isroilga qarshi doskaga chiqmadi

Samarqandda o‘tayotgan 46-FIDE Jahon shaxmat Olimpiadasining birinchi turida Pokiston shaxmat federatsiyasi shaxmatchilarini Isroilga qarshi o‘ynatmadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"