O'zbekiston

Robaxon Mahmudova Oliy sud raisi etib saylandi

Prezident tomonidan Robaxon Mahmudovani Oliy sud raisi lavozimiga saylash to‘g‘risida Senatga taqdimnoma kiritildi.

Robaxon Mahmudova Oliy sud raisi etib saylandi

Prezident tomonidan Robaxon Anvarovna Mahmudovani O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimiga saylash to‘g‘risidagi taqdimnoma Oliy Majlis Senatiga kiritildi.

 

Oliy Majlis Senati Kengashining majlisida Prezident tomonidan Oliy sud raisi lavozimiga kiritilgan nomzod ko‘rib chiqilib, Robaxon Anvarovna Mahmudovani sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga va Oliy sud raisi lavozimiga besh yil muddatga saylash to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.

 

Ma’lumot o‘rnida, Robaxon Mahmudova Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasining rahbari. U 2023-yilgi prezidentlik saylovida “Adolat” partiyasidan nomzod sifatida ham ishtirok etgan.

 

Shuningdek, u avval O‘zbekiston Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari — ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi, Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati sudi raisi, Prezidentning Farg‘ona viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri hamda Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

 

Bunga qadar Oliy sud raisi lavozimida ishlab kelgan Baxtiyor Islomovni lavozimdan ozod etish to‘g‘risida Oliy Majlis Senatiga prezident tomonidan taqdimnoma kiritilgandi. Yuqori palata uni lavozimdan olish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

custom img

“Bu xabarlarni vazir yubormagan”: Oliy ta’lim vazirligidan ogohlantirish

Qo‘ng‘irotboy Sharipov nomidan yuborilayotgan xabarlar soxta ekani ma’lum qilindi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"