Jahon

Tramp Si Szinpin va Putindan Eron urushida betaraf qolgani uchun minnatdor bo‘ldi

AQSH prezidenti ularning betarafligi mojaroning yanada chuqurlashib ketishining oldini olganini aytdi.

Tramp Si Szinpin va Putindan Eron urushida betaraf qolgani uchun minnatdor bo‘ldi

AQSH prezidenti Donald Tramp Xitoy raisi Si Szinpin va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eron urushi davomida betaraf pozitsiyani saqlaganini aytib, ularga minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Pekin va Moskva vaziyatni murakkablashtirish imkoniyatiga ega bo‘lsa-da, bunday yo‘l tutmagan.

 

Tramp bu haqda Fransiyaning Evian-le-Ben shahrida o‘tkazilgan G7 sammiti yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida ma’lum qildi. U Eron mojarosi bo‘yicha erishilgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvidan so‘ng Xitoy va Rossiya rahbarlarining harakatlarini ijobiy baholadi.

 

AQSH prezidenti Si Szinpin mojaroni hal etishga ko‘maklashganini ta’kidlab, Xitoy Eronga yirik qurol-yarog‘lar yoki yelkadan uchiriladigan zenit-raketa majmualarini yubormaganini qayd etdi. Trampning fikricha, Pekin va Moskva mojaroga faol aralashganida vaziyat yanada keskinlashishi mumkin edi.

 

Shu bilan birga, Tramp AQSHning ayrim ittifoqchilarini, jumladan Yaponiya va Yevropadagi hamkorlarini harbiy operatsiya hamda Hormuz bo‘g‘ozidagi harakatlarda yetarlicha yordam bermaganlik uchun tanqid qildi.

 

Qayd etilishicha, Rossiya va Xitoy Eron bilan yaqin aloqalarga ega. Moskva avvalroq urush Yaqin Sharqda yadroviy qurollanish poygasiga turtki berishi mumkinligi haqida ogohlantirgan. Pekin esa AQSHning Eronga qarshi hujumlarini mamlakat suverenitetining buzilishi sifatida baholagan.

 

Vashingtondagi Xitoy elchixonasi Trampning bayonotiga munosabat bildirar ekan, Pekinning pozitsiyasi o‘zgarmaganini va Xitoy mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal etish hamda tinchlikni ta’minlash tarafdori ekanini ma’lum qildi. Rossiya elchixonasi esa Reuters so‘roviga darhol izoh bermagan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"