Jinoyat

O‘zini Bosh prokuratura xodimi sifatida tanishtirib, firibgarlik qilgan shaxs qamoqqa olindi

U bir necha fuqaroning ishonchiga kirib, milliardlab so‘m va minglab dollar mablag‘ni firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirganlikda gumonlanmoqda.

O‘zini Bosh prokuratura xodimi sifatida tanishtirib, firibgarlik qilgan shaxs qamoqqa olindi

Bosh prokuratura Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida fuqaro A.A. o‘zini prokuratura xodimi sifatida tanishtirib, bir necha shaxslarning mol-mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u fuqarolar B.M. va S.Sh.ning ishonchiga kirib, arzon narxda bug‘doy mahsulotini sotib olish va uni qayta ishlash orqali yuqori daromad olish mumkinligini aytgan. Shu tariqa ulardan jami 1,7 milliard so‘m mablag‘ni firibgarlik yo‘li bilan olgan.

 

Shuningdek, A.A. jabrlanuvchi M.T.ga tegishli kompaniya uchun Toshkent shahridagi yer maydoni bo‘yicha bekor qilingan qarorni qayta tiklab berishni va’da qilib, evaziga 95 ming AQSH dollarini qo‘lga kiritgan.

 

Tergovda aniqlanishicha, u ijtimoiy tarmoq orqali tanishgan fuqaro I.N.ga ham prokuraturada ishlashini aytib, uning ishonchiga kirgan. Keyinchalik 2014-yilda ishlab chiqarilgan “Cobalt” avtomashinasini yangi “Gentra”ga almashtirib berishni va’da qilib, avtomashinani olgan hamda uni boshqa shaxsga sotib yuborgan.

 

Bundan tashqari, A.A. tanishi A.K.ning xonadon kaliti nusxasini qo‘lga kiritib, uning safarda bo‘lganidan foydalangan holda uyga noqonuniy kirgan va ko‘p miqdordagi tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlab ketgani ma’lum qilindi.

 

2026-yil 18-iyun kuni unga nisbatan Jinoyat kodeksining firibgarlik, o‘g‘rilik hamda boshqa moddalari bilan ayblov e’lon qilinib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

 

Bosh prokuratura mazkur shaxsning xatti-harakatlaridan jabrlangan yoki u haqda qo‘shimcha ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolarni 1161 raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilishga chaqirdi.

custom img

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"