Jahon

Portugaliya O‘zbekistonni yengishiga ishonmayman — Paulu Barbosa

Portugaliyalik futbol agenti Paulu Barbosa O‘zbekiston MTJ Kongo terma jamoasidan kuchliroq ekanini bildirdi.

Portugaliya O‘zbekistonni yengishiga ishonmayman — Paulu Barbosa

Jahon chempionatining “K” guruhidan o‘rin olgan Kolumbiya, Portugaliya, Kongo Demokratik Respublikasi va O‘zbekiston milliy terma jamoalari ikkinchi tur uchrashuvlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

 

Guruhning ilk turida Kolumbiya O‘zbekistonni 3:1 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, Portugaliya kutilmaganda Kongo bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

 

Birinchi tur yakunlaridan so‘ng portugaliyalik futbol agenti Paulu Barbosa Portugaliyaning O‘zbekistonga qarshi bo‘ladigan uchrashuvi oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

 

Uning ta’kidlashicha, 41 yoshli Krishtinau Ronaldu uchun butun uchrashuv davomida maydonda harakat qilish qiyin bo‘lib qolmoqda. Barbosa Kongo bilan o‘yinda bu holat yaqqol ko‘ringanini aytib, Portugaliya bosh murabbiyi Roberto Martinezning Ronalduni asosiy tarkibda maydonga tushirish qarorini noto‘g‘ri deb baholadi.

 

Agentning fikricha, Ronaldu birinchi uchrashuvda kutilgan natijani ko‘rsata olmagani sababli O‘zbekistonga qarshi bahsni zaxira o‘rindig‘ida boshlashi mumkin.

 

Shuningdek, Barbosa Kongo bilan o‘yindan keyin Portugaliya terma jamoasining guruhdagi qolgan ikki uchrashuvdagi imkoniyatlariga ham shubha bilan qarayotganini bildirdi.

 

“Birinchi o‘yinga qarab baho beradigan bo‘lsam, Portugaliyaga ishonchim yo‘q. O‘zbekistonning Kolumbiyaga qarshi o‘yinini ham ko‘rdim. Menimcha, O‘zbekiston Kongodan kuchliroq. Kolumbiya haqida esa ortiqcha gapirishning hojati yo‘q”, — dedi u.

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 23-iyun kuni AQSHning Hyuston shahridagi “Hyuston” stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.