Jahon

Qozog'istonda bir xonali kvartirada qariyb 1000 migrant ro'yxatga olingan

Mazkur holat noqonuniy migratsiyani tashkil etish sifatida baholanib, kvartira egasi ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilingan.

Qozog'istonda bir xonali kvartirada qariyb 1000 migrant ro'yxatga olingan

 

Qozog‘istonning Olmaota shahrida bir xonali kvartirada qariyb ming nafar shaxs noqonuniy ravishda ro‘yxatga qo‘yilgani fosh etildi. Bu haqda shahar prokuraturasi ma’lumotiga tayanib, Zakon.kz nashri xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, holat Olmaotaning Naurizbay tumanida prokuratura tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv davomida aniqlangan. Aniqlanishicha, kvartira egasi aslida ushbu manzilda yashamaydigan 990 nafar fuqaroni pul evaziga bir xonali uyda ro‘yxatdan o‘tkazgan.

 

Mazkur harakat noqonuniy migratsiyani tashkil etish sifatida baholanib, unga nisbatan Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 394-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Sud qarori bilan kvartira egasi aybdor deb topilib, bir yil muddatga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi.

 

Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxslarning qaysi davlat fuqarolari ekani ochiqlanmagan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.