Sport

Abbosbek Fayzullayev JCH 1-turida biryo‘la ikki rekord qayd etdi

Fayzullayev turnirning birinchi turidagi eng tezkor va XXI asrdagi JChda bosh bilan gol urgan eng past bo‘yli futbolchi bo‘ldi.

Abbosbek Fayzullayev JCH 1-turida biryo‘la ikki rekord qayd etdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarimhimoyachisi Abbosbek Fayzullayev 2026 yilgi Jahon chempionatining 1-turida ikki muhim rekord muallifiga aylandi. 

 

SofaScore platformasi ma’lumotiga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi Kolumbiyaga qarshi uchrashuvda soatiga 36 km tezlikka chiqib, turnirning 1-turidagi eng tezkor futbolchi sifatida qayd etildi. Bu ko‘rsatkich barcha o‘yinchilar orasida eng yuqori natija bo‘ldi. 

 

Ikkinchi o‘rinni Xorvatiya terma jamoasi vakili Yosip Stanisich egallagan bo‘lib, uning maksimal tezligi 35,9 km/soatni tashkil etdi. Kuchli uchlikni esa Kot-d’Ivuardan Vilfrid Singo 35,8 km/soat bilan yakunladi. 

 

Shuningdek, Abbosbek Fayzullayev Jahon chempionatlari tarixida XXI asrda bosh bilan gol urgan eng past bo‘yli futbolchi sifatida ham rekord o‘rnatdi. 

 

Opta statistikasiga ko‘ra, 167 sm bo‘yga ega futbolchi avvalgi rekordchi urugvaylik Giorgian de Arrascaetani ortda qoldirdi. De Arrascaeta 2022 yilgi Jahon chempionatida 173 sm bo‘y bilan Gana darvozasiga bosh bilan gol urgan.

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

46 yoshli futbolchi Italiyaning “Ravenna” klubi safida “Forli”ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.