Jinoyat

Bekobodda ayolni o‘ldirib, jasadini hovliga ko‘mgan erkak 15 yildan ortiqqa qamaldi

Fojia ijtimoiy tarmoq orqali tanishgan erkak va ayol o‘rtasidagi navbatdagi janjaldan so‘ng yuz bergan. Marhumaning jasadi esa oradan qariyb bir oy o‘tib topilgan.

Bekobodda ayolni o‘ldirib, jasadini hovliga ko‘mgan erkak 15 yildan ortiqqa qamaldi

Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod shahar sudida ayolni o‘ldirib, jasadini yashirishga uringan erkakka nisbatan hukm chiqarildi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi.

 

Sud materiallariga ko‘ra, 27 yoshli erkak Instagram orqali turmushidan ajrashgan ayol bilan tanishgan. Bir muddat yozishib yurgan tomonlar keyinchalik uchrashib, ayol voyaga yetmagan o‘g‘li bilan erkakning uyida yashay boshlagan.

 

Biroq ular o‘rtasidagi munosabatlar uzoq davom etmagan. Sudlanuvchining ko‘rsatmasiga ko‘ra, ayol spirtli ichimliklar va psixotrop vositalarni iste’mol qilgani sababli ular o‘rtasida tez-tez kelishmovchiliklar yuzaga kelgan.

 

2025-yil 2-dekabrdan 3-dekabrga o‘tar kechasi navbatdagi janjal vaqtida erkak ayoldan uyini tark etishni talab qilgan. Sudlanuvchining aytishicha, ayol bunga qarshilik ko‘rsatgan va mojaro vaqtida yiqilib, bosh qismidan og‘ir jarohat olgan.

 

Oqibatda ayol voqea joyida vafot etgan. Shundan so‘ng erkak jinoyat izlarini yashirish maqsadida jasadni uyining orqa hovlisiga ko‘mgan. Shuningdek, qon izlari tushgan kiyimlar hamda marhumaning SIM-kartalarini yo‘q qilgan.

 

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari 2025-yil 27-dekabr kuni marhumaning jasadini aniqlab, qazib olgan.

 

Sud hukmiga ko‘ra, erkak aybdor deb topilib, 15 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

custom img

Chiroqchida maktab direktori qo‘shimcha dars soatlari evaziga pora olgani uchun 2 yilga qamaldi

O‘qituvchi direktorga 50 dollar bergach, holat haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bergan. Tezkor tadbirda direktor qo‘lga olingan.

custom img

Buxoroda talaba qizga shahvoniy shilqimlik qilgan tyutor qamaldi

Talaba qiz sudda ular o‘rtasida avval hech qanday kelishmovchilik bo‘lmaganini aytib, tyutorga nisbatan da’vosi yo‘qligini bildirgan.

custom img

Toshkentda internet-narkodo‘kon kuratori salkam 10 kg giyohvandlik vositasi bilan ushlandi

Fuqaro avval ham Jinoyat kodeksining ikki moddasi bilan sudlangan.

custom img

“Hududgaz Qoraqalpog‘iston”da 251,5 mlrd so‘mlik zarar aniqlandi

Holat yuzasidan mansabdorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Toshkentda 3 yoshli o‘g‘liga zo‘ravonlik qilgan ona ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U o‘g‘liga uxlatuvchi dori berib, uni qarovsiz qoldirib kelgani aniqlandi.

custom img

Toshkentda “Izzat Nazarbek” laqabli shaxs qo‘lga olindi

U bir necha fuqarodan qo‘rqitish va zo‘ravonlik orqali yirik miqdorda pul talab qilgan. Tezkor tadbir davomida undan ikki dona to‘pponcha va o‘q-dorilar ham aniqlangan.

custom img

Farg‘onada “Mansur Kazanskiy” laqabli shaxs tovlamachilikda gumonlanib ushlandi

Aripov Mansur noturar joyni avval o‘z nomiga rasmiylashtirib, keyinchalik uni asl egasiga qayta rasmiylashtirib berish evaziga 200 ming dollar talab qilgan.

custom img

Rossiyada terakt rejalashtirgan va Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan surxondaryolik 4 yigit qamaldi

Tergovda ularning aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatgani va yangi a’zolarni guruhga jalb qilgani aniqlangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"