O'zbekiston

O‘zbekistonda eski avtomobillarni utilizatsiyaga topshirmaganlar jarima to‘laydi

Ishlab chiqarilganiga 30 yil va undan ortiq vaqt bo‘lgan avtomobillar egalaridan bozor narxida xarid qilinib, utilizatsiyaga yuboriladi.

O‘zbekistonda eski avtomobillarni utilizatsiyaga topshirmaganlar jarima to‘laydi

O‘zbekistonda ekspluatatsiya muddati o‘tgan avtotransport vositalarini utilizatsiya qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish agentligi xabar qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, ishlab chiqarilganiga 30 yil va undan ortiq vaqt bo‘lgan avtomobillar egalaridan bozor narxida xarid qilinib, utilizatsiyaga yuboriladi.

 

Tashabbus atmosfera havosining ifloslanishini kamaytirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va transport vositalaridan chiqayotgan zararli moddalar hajmini qisqartirish maqsadida ishlab chiqilgan.

 

Loyihaga ko‘ra, eski avtomobilini utilizatsiyaga topshirgan fuqarolarga yangi avtomobil xaridi uchun elektron vaucher berilishi yoki uning qiymati pul shaklida to‘lab berilishi mumkin. Elektron vaucher orqali O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yangi avtomobillarni imtiyozli shartlarda xarid qilish imkoniyati yaratiladi.

 

Shuningdek, elektron vaucherda ko‘rsatilgan summa miqdorida chegirma qo‘llanadi, qolgan mablag‘ esa bir yildan ortiq muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lanishi mumkin.

 

Loyihada eski avtomobillarni o‘z vaqtida utilizatsiyaga topshirmagan fuqarolar uchun ham ekologik kompensatsiya joriy etish nazarda tutilgan. Unga ko‘ra, bunday transport vositalari egalari yiliga bir marta bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdorida to‘lov amalga oshirishi kerak bo‘ladi.

 

Qayd etilishicha, utilizatsiya tizimi Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSH, Yaponiya va boshqa qator davlatlarda keng qo‘llanadi. 

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.