Jahon

Pokistondagi ketma-ket portlashlarda kamida yetti kishi halok bo‘ldi

Hozircha portlashlar ortida kim turgani noma’lum.

Pokistondagi ketma-ket portlashlarda kamida yetti kishi halok bo‘ldi

 

Pokistonning shimoli-g‘arbidagi Xayber Paxtunxva viloyatida sodir bo‘lgan ketma-ket portlashlar oqibatida kamida yetti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Al Arabiya telekanali mahalliy huquq-tartibot organlariga tayanib xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, dastlabki portlash yo‘l chetiga o‘rnatilgan va masofadan boshqariladigan qo‘lbola portlovchi qurilma xususiy pikap avtomobilini nishonga olishi oqibatida yuz bergan.

 

Oradan ko‘p o‘tmay, jabrlanganlar shoshilinch ravishda tibbiyot muassasasiga olib ketilayotgan paytda ikkinchi portlash sodir bo‘lgan. Natijada qurbonlar soni kamida yetti kishiga yetgani ma’lum qilingan.

 

Hozircha hujumlar uchun javobgarlikni hech bir guruh o‘z zimmasiga olmagan. Shu bilan birga, Al Arabiya nashri hududda faoliyat yuritayotgan “Tehrik-e Tolibon Pokiston” (TTP) guruhi mavjudligini eslatib o‘tgan.

 

Nashrning qayd etishicha, Pokiston hukumati mamlakatdagi terrorchilik hujumlari sonining ortishini qo‘shni Afg‘oniston hududida faoliyat yuritayotgan qurolli guruhlar bilan bog‘lamoqda. Kobul rasmiylari esa bu ayblovlarni rad etib kelmoqda.

 

So‘nggi oylarda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashib, chegara hududlarida qurolli to‘qnashuvlar va Pokiston tomonidan Afg‘oniston hududiga uyushtirilgan havo hujumlari qayd etilgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"