Sport

“O‘zbekiston Portugaliyadan qo‘rqmaydi” — Fabio Kannavaro

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi turnir yakunida jamoa ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etayotgan, biroq kuchli raqiblardan qo‘rqmaydigan jamoa sifatida eslab qolinishini istashini aytdi.

“O‘zbekiston Portugaliyadan qo‘rqmaydi” — Fabio Kannavaro

 

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Portugaliyaga qarshi bo‘ladigan uchrashuv oldidan jamoaning tayyorgarligi, Kolumbiyaga qarshi o‘yindan chiqarilgan xulosalar hamda turnirdagi maqsadlari haqida fikr bildirdi.

 

Italiyalik mutaxassis murabbiylik futbolchilikdan tubdan farq qilishini ta’kidlab, maydon tashqarisida turib futbolchilarga yordam berish istagi va natija uchun javobgarlik katta bosim yuklashini qayd etdi.

 

Kannavaro Kolumbiyaga qarshi uchrashuvdan asosiy xulosa sifatida yuqori darajadagi bahslarda kichik xatolar ham qimmatga tushishini aytdi. Uning ta’kidlashicha, jamoa intizomli va agressiv o‘yin namoyish qilgan bo‘lsa-da, ayrim vaziyatlardagi e’tiborsizlik gol o‘tkazib yuborishga sabab bo‘lgan.

 

Shu bilan birga, mutaxassis ikkinchi bo‘limdagi o‘yindan mamnun ekanini bildirib, futbolchilarga doimo o‘z uslubidan voz kechmaslik, to‘p nazoratidan qo‘rqmaslik va futbol zavqini his qilish kerakligini uqtirib kelayotganini ta’kidladi.

 

Portugaliya bilan bo‘ladigan uchrashuv haqida gapirar ekan, Kannavaro raqib tarkibi yulduz futbolchilarga boy ekanini, ayniqsa Krishtianu Ronalduning so‘nggi yigirma yilning eng buyuk futbolchilaridan biri ekanini qayd etdi. Shunga qaramay, u maydonda nomlar emas, jamoaviy o‘yin hal qiluvchi omil bo‘lishini aytdi.

 

“Portugaliya juda kuchli jamoa. Biroq har bir jamoaning kuchli va zaif tomonlari bo‘ladi. Biz ularning kuchli jihatlarini cheklash va zaif nuqtalaridan foydalanishga harakat qilamiz”, — dedi murabbiy.

 

Fabio Kannavaro turnir yakunida O‘zbekiston jamoasi jahon chempionatida debyut qilgan bo‘lsa-da, kuchli raqiblardan cho‘chimaydigan, intizomli va yaxshi tashkil etilgan jamoa sifatida esda qolishini istashini ta’kidladi.

 

Shuningdek, italiyalik mutaxassis murabbiylik bolalikdagi orzusi bo‘lmaganini, biroq hozir o‘z tajribasini futbolchilar bilan baham ko‘rish va har kuni yangi narsalarni o‘rganish unga katta zavq bag‘ishlashini qayd etdi.

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

46 yoshli futbolchi Italiyaning “Ravenna” klubi safida “Forli”ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.